Maktab bitiruvchilarining institutimizga sayohati
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-apreldagi “Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qo'llab-quvvatlash va bandligiga ko'maklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g`risida”gi PF-6208 son farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida institutimizga biriktirilgan Toshkent shahar Mirzo Ulug`bek tumani mahallalari va umum ta'lim maktablari bilan yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qo'llab-quvvatlash va bandligiga ko'maklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan bir qator tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Bugun Toshkent shahar Mirzo Ulug`bek tumani “Asaka” mayhallasida joylashgan 18-o'rta ta'lim maktab bitiruvchi sinf o'quvchilari o'zlariga kelajak uchun kasb tanlash hamda nufuzli oliy ta'lim muassasalari bilan yaqindan tanishish maqsadida institutimizga tashrif buyurishdi. Maktab o'quvchilari va o'qituvchilarni fakultet dekani SH.Narbaev institutimiz bilan tanishtirdi. Maktab bitiruvchilarining institut bo'ylab ekskursiyasi rektorat binosi va Madaniyat saroyidan boshlandi. So'ngra, adib Abdulla Oripov muzeyi, institut ahborot resurs markaziga tashrif buyurishdi. O'quvchilarni ARM derektori M.Ahmedova mavjud adabiyotlar, elektron resurslar to'g`risida tanishtirib o'tdi.
Maktab o'quvchilari institutning “D” va “Е” o'quv laboratoriyalari bilan ham tanishtirildi. Sayohat mobaynida Abdulla Oripov bog`i hamda Jismoniy tarbiya va sport kompleksiga ham ekskursiya qilishdi. Ushbu sport kompleksida yaratilgan sharoitlar o'quvchi yoshlarga juda yoqdi, ularni institutda tashkil etilgan sport to'garaklarida qatnashishni so'rashdi. Shundan so'ng sayohat “Yer resurslarini boshqarish” fakulteti o'quv binosi, o'quv zallari, ma'ruzalar zallari, kompyuter honalari bilan ham tanishtirildi.
Maktab o'quvchilariga institut xaqida videorolik namoyish etildi. Yig'ilganlarga “Yerdan faoydalanish” kafedrasi dotsenti A.Bobojonov va dotsent Q.Rahmonovlar o'quvchilarni institut faoliyati, ta'lim yo'nalishlari, talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishtirishdi. Institutimizga biriktirilgan maktablar bilan hamkorlikda o'quvchilar uchun mahsus ochiq darslar tashkil etish, ularni kasbga yo'naltirish hamda yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazishni tashkil etish masalalari haqida suhbat o'tkazildi. O'quvchilar o'zlarining qiziqtirgan savollarga mutahassislar tomonidan javoblar olishdi. Ushbu ekskursiyadan mamnunligi, ularga juda manzur bo'lganliklari, maktab o'quvchilari institutimiz ta'lim yo'nalishlarida o'qishga bo'lgan qiziqishlari haqida fikrlarini bildirishdi.
YERB fakulteti
Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan muovini Hurriyat Eshova ahboroti
TIQXMMI matbuot xizmati