Vatanga baxshida umr!
Abdulla Oripov o‘zbek adabiyotini yangi bosqichga ko‘targan noyob iste’dod sohibi edi. Uning yuksak badiiy, teran falsafiy she’rlari xalqimiz ko‘nglidan joy olgan. Dramatik va publitsistik asarlari, doston va tarjimalari adabiyotimiz rivojiga juda katta hissa bo‘lib qo‘shilgan. Bugun Yer resurslarini boshkarish fakulteti jamoasi, professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari Yoshlar bilan ishlash bulimi boshlig‘i Z.Haydarov, Yer resurslarini boshkarish fakulteti dekani Sh.Narbaev va Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini H.Eshova boshchiligida atoqli ijodkorning haykali poyiga gullar qo‘yishdi. Xiyobonda adibning yozgan she’rlari asarlari kitob jovonlar kuyilib, Abdulla Oripov hayoti bobayni yozgan kitoblari namoyish etildi. Ayniksa talaba-yoshlarimiz tomonidan "Abdullaxonlik" she’riyat kechasi adabiyot shinavandalarini mushoiraga chorladi. Unda shoir ijodidan namunalar, Vatan haqidagi she’rlar aytildi. Fakultet dekani Sh.Narbaev tadbir mazmun mohiyati bilan bog‘liq holda o‘z fikr-mulohazalarini aytib, tadbirni ochib berdi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar shoirning hayotiy kechinmalari va faoliyati borasida to‘lqinlanib gapirib uning she’rlaridan ayrim namunalarni o‘qib berishdi. Biz bilamiz bugungi kunda Institutda ham adibning ijodini targ‘ib qilish maqsadida yo‘l xaritasi ishlab chiqilib shoir ijodi va hayot yo‘liga bag‘ishlangan ko‘plab ma’naviy-ma’rifiy, badiiy va ijodiy tadbirlar o‘tkazildi.
Bugungi utkazilgan tadbirda yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari Botir Ergashev hamda yozuvchilar uyushmasi a’zosi shoir Bobur Bobomurod ham ishtirok etdi. Ishtirokchilari yig‘ilganlarga shoir ijodi hamda she’rlaridan namunalar o‘qishdi. Tadbir savol-javoblarga boy tarzda bo‘lib o‘tdi. Biz bilamizki o‘zbeklarga xos donishmandlik, bag‘rikenglik, xokisorlik va andisha Abdulla Oripov hayoti va ijodiga singib ketgan. Bunday e’tiroflar o‘z-o‘zidan dunyoga kelgan emas. Bir paytlar ovozi ikki daryo oralig‘ida qolib ketganidan o‘ksingan shoir istiqloldan keyin dunyo miqyosida e’tirof etildi. Haqiqiy iste’dod egasi bo‘lgan shoirlar esa Vatan qiyofasini badiiy aks ettiruvchi, uning dardlari, quvonchlari, orzu-umidlari, o‘tmishi, kelajagini namoyon etuvchi xalqning vijdoni hisoblanadi. Abdulla Oripov ana shunday shoirlar sirasidan sanaladi. Uning yarim asrdan oshiq vaqt ichida yaratgan asarlarida ona yurtga, ona Vatanga, O‘zbekistonga muhabbati ufurib turadi. Shoir yurtga ehtirom vijdondan, mehr-oqibat, xalqqa muhabbat, qalbdan boshlanadi, deydi. Ayni paytda, ijodkor Vatanni ulug‘lash bilan cheklanib qolmaydi. Uning qudratini namoyon qiluvchi kuch xalq ekanligini chuqur anglaydi.
Shu sababli uning asarlarida Vatan bilan hamohang tarzda dovyurak va tanti, munis va mushfiq, insofli va diyonatli, inson boshiga tushishi mumkin bo‘lgan barcha qiyinchiliklarni mardonavor yengib o‘tgan, yorug‘ kunlar kelishiga ishongan va bu yo‘lda kurashgan xalqimizning halol, pok, samimiy qalbi namoyon bo‘lib turadi. Boshqacha aytganda, shoir she’rlarida Vatanga baxshida qalbning va qalblarning tug‘yonlarini aks ettirdi. Bugun Abdulla Oripov jisman oramizda yo‘q. Lekin kundalik hayotimizda, faoliyatimizda, har bir ishimizda, ma’naviy yuksalishimizda asarlari biz bilan doimo hamroh bo‘lib turadigan ijodkorni oramizda yo‘q deb aytishga til bormaydi. U hayotda hamisha biz bilan hamqadamdek. Buyuk iqtidor egasi bo‘lgan, qalbini Vatani, xalqi uchun, uning baxt-saodati uchun baxsh etgan ijodkor, shoir el-yurtini ulug‘ladi, uni dunyoga tanitdi. El-yurt ham bunday fidoyi ijodkor, shoirni boshiga ko‘tardi, olamga ko‘z-ko‘z qildi. Bunday el-yurtga ega shoir ham, bunday fidoyi ijodkori bor el-yurt ham baxtli hisoblanadi. Abdulla Oripov ana shunday ulkan baxtga erishgan buyuk shoir edi.
YERB fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini Hurriyat Eshova axboroti
TIQXMMI matbuot xizmati