“Erkin yosh avlodlar senga zo’r qanot”

O‘zbek she’riyati – azaldan boy va rang-barangdir. XX asrda bu she’riy xazina Abdulla Oripov ijodi bilan yanada boyidi, yuksaldi. Bir qaraganda barchaga tanish an’anaviy shakllarda ijod qilgan atoqli shoirimiz mutlaqo yangicha she’riy ohanglarni kashf etdiki, uning she’riy iste’dodi, mahorati qirralari, adabiy-falsafiy qarashlari mohiyatini adabiyotshunosligimiz hali-hanuz to‘laqonli o‘rgangani, tahlil qilolgani yo‘q. Uning yuksak badiiy, teran falsafiy she’rlari xalqimiz ko‘nglidan chuqur joy olib kelgan.  Shuningdek “Adiblar hiyobonida” tashkil etilgan ma’navi-ma’rifiy tadbiri ham talaba-yoshlar qalbida Vatanparvarlik, insoniylik tuyg‘ularini shakllantirishda adabiyot va san’atning ta’sir kuchi qanchalik yuqori ekanligini yana bir bor namoyon etdi. Ushbu tadbirda “Qishloq va suv xo‘jaligi energiya ta’minoti” fakulteti dekani A.Isakov, “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist” A.Sharipov, professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Mana shunday adib, olim va O‘zbekiston Qahramoni Abdulla Oripov – Vatanimiz ruhi she’rlarida aks etgan serqirra shoirdir. Yurtimiz kengliklarida bu ulug‘ insoniy qalb buloqlaridan  qonib suv ichish va mangu oftob nurlaridan bahra olishdek samimiy istak, toza niyatlar mavji ortib borayotgandek. Adiblar xiyobonida esa talabalar o‘zbek adabiyotining mashhur namoyondalari hayoti va ijodi haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. SHoirning she’rlari va dostonlari har jihatdan xuddi ana shunday oliy maqom sifatlarga ega hikmatlarga o‘xshaydi. Abdulla Oripovning kitoblari qo‘limizdan tushmaydi. Kishi qancha o‘qimasin, to‘ymaydi, zerikmaydi. Qalbimizga singib ketgan shunday she’rlari borki, ular biz yoshlardan keyin ham kelgusi avlod uchun oltin meros bo‘lib qoladi. Abdulla Oripov ijodini ona yurt, Vatan tushunchalaridan ayro xolda tasavvur qilish aslo mumkin emas.

Ta’bir joiz bo‘lsa, mehr -muhabbat va hikmatga to‘la bu ijodni she’riyatdagi Vatan, Vatandagi sheriyat deb ta’riflamoq o‘rinlidir. Bu noyob qalb egasining ijodini o‘rganish biz yoshlarga g‘urur bag‘ishlaydi.  Abdulla Oripov o‘zining serqirra faoliyati, dadil so‘zi, ma’naviy uyg‘oqlikka da’vat etuvchi she’rlari bilan xalqimiz mehrini qozona oldi. Buyuk shoirning ijodini o‘rganish, uning yanada ma’naviy qarashlarini tarannum etishda biz yoshlar ham faol ishtirok etayotganmizdan juda xursandmiz va hech ham izlanishdan to‘xtamaymiz.

“Qishloq va suv xo‘jiligi

energiya ta’minoti ” fakultetining  Yoshlar

 bilan ishlash dekan o‘rinbosari O.Habibullayev

TIQXMMI matbuot xizmati