Tomchilatib sug‘orish afzalliklari
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 - yil 27 - dekabrdagi “Paxta xom-ashyosini yetishririshda tomchilatib sug’orish texnologiyalaridan keng foydalanish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga oid kechiktirib bo’lmaydigan chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-4087-sonli qaroriga asosan hududlarda keng joriy qilinayotgan tomchilatib sug’orish ob'ektlarini o’rganish va tadqiq qilish maqsadida Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti “Gidromeliorativ tizimlardan foydalanish“ kafedrasi dotsenti B.Amanov hamda ushbu kafedraning 1-bosqich magistrantlari A.Erkinov, D.G’ulomov, I.Tursunovlar Toshkent viloyati O’rta Chirchiq tumanida joriy qilinayotgan tomchilatib sug’orish dalalarini amaliy tadqiq etish uchun 2019 - yil 17 - iyun kuni “Chirchiq-Ohangaron Irrigatsiya tizim havza boshqarmasi”ga qarashli O’rta-Chirchiq tumani Irrigatsiya tizim boshqarmasi xodimlari va xitoylik investorlar tomonidan barpo etilayotgan “Yakexin group” kompaniyasi tomonidan 56 gektarga paxta ekinini tomchilatib sug’orish joriy qilingan dalalarni borib ko’rishdi.
Yakexin kompaniyasi zamonaviy qishloq xo’jaligi texnologiyalari va biotexnologiyalar xalqaro kompaniyasi hisoblanadi. Ikki mamlakat o’rtasida “Bir makon - Bir yo’l” hamrohlik siyosatiga muvofiq O’zbekistonda dunyoda eng ilg’or qishloq xo’jaligi texnologiyasi bo’lgan tomchilatib sug’orish texnologiyalaridan foydalanish shu tariqa 30% suv va 20% o’g’itlarni tejalishi va ekinlarni yetishtirishni 80-100 %ga oshirish imkonini beradi. Shu bilan birga, tibbiyot oziq-ovqat sohasida keng qo’llaniladigan shirin qalampir va zafaron ekinini ekish va chuqur qayta ishlov berishni rivojlantirish mo’ljallangan. Yetishtilayotgan mahsulotlarning 100% eksport qilish ko’zda tutilgan. Keyingi 5 yil ichida kompaniyaga kiritilayotgan sarmoyani 10-30 mlng Aqsh dollariga yetkazish va 3000-5000 gektar maydongacha kengaytirish va 300-1000 kishini doimiy va mavsumiy ish bilan ta’minlashni o’z oldiga maqsad qilib qo’yganligini monitoring natijalari orqali aniqlandi. Ushbu texnologiyalar va yangiliklarni o’rganish muhim vazifadir.
"Gidromeliorativ tizimlardan foydalanish" kafedrasi dotsenti Baxodir Amanov axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov