TVda irrigatsiya tizimi tarixi
2021-yilning 18-iyun kuni TIQXMII "Gumanitar fanlar" kafedrasi professor-o‘qituvchi va doktorantlari "O‘zbekiston tarixi" telekanalida "O‘zbekistonda irrigatsiya tarixi" mavzusida ko‘rsatuvda qatnashdilar. Kafedra mudiri SH.M. O‘ljaeva, katta o‘qituvchisi M.Hakimova, tayanch doktorantlar R. Zafarjonova, M. Mahmudovalar bu ko‘rsatuvda o‘zlari olib borayotgan ilmiy tadqiqot natijalari to‘g‘risida so‘zlab o‘tdilar. Haqiqatan ham sivilizatsiyalar irrigatsiya tizimlari bilan chambarchas bog‘liq holda shakllangan. Ayniqsa, sun’iy sug‘orishga asoslangan O‘rta Osiyoda suv hayot-mamot masalasiga aylangan. Suv muammosi bo‘lgan hududlarda tamaddun o‘choqlari paydo bo‘lmagan. Qadimgi Misr, Mesopotamiya, O‘rta Osiyodagi shaharlar va davlatlar sersuv hududlarda paydo bo‘lgan va rivojlangan. Ko‘rsatuvda yurtimizda irrigatsiya sohasida ro‘y bergan tarixiy jarayonlar, davlat va jamiyat taraqqiyotining suv bilan bog‘liq bo‘lgani turli misollarda ochib berildi.
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti «Gumanitar fanlar» kafedrasi huzurida “O‘zbekistonda irrigatsiya tarixini o‘rganish ilmiy-tadqiqot markazi” ilmiy-innovatsion laboratoriyasi tashkil etildi. O‘zbekistonda va jahonda irrigatsiya tarixi ushbu laboratoriyada doimiy ravishda tadqiq etib boriladi va tadqiqotlar natijalari ommaviy axborot vositalarida, xususan "O‘zbekiston tarixi" telekanalida muntazam targ‘ib qilib boriladi.
TIQXMMI matbuot xizmati