Nazariyadan amaliyotga qadam

Yаngi professional ta’limning xalqaro andozalarga to‘liq mosligini ta’minlash va ijtimoiy buyurtma asosida malakali kadrlarni tayyorlashda ularning shaxsiy va kasbiy kompetensiyalari hamda ta’lim jarayonida malakali kadrlarni tayyorlashda amaldagi ta’lim yondashuvlarini o‘zgartirish, mustaqil ishlash ko‘nikmasini rivojlantirish orqali mantiqiy tafakkur va kasbiy muammolarga yechim topishda tadqiqotchilarning izlanishlari muhim ahamiyat kasb etadi. “Professional ta’lim va jismoniy madaniyat” kafedrasi 2 - bosqich tayanch doktoranti A.Jumanov  “Talabalarda kasbiy kompetensiyalarni fanlararo integrativ yondashuv asosida takomillashtirish” mavzusidagi 13.00.05 - Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha pedagogika  fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiyasi mavzusi doirasida Jizzax politexnika instituti talabalari hamda professor-o‘qituvchilari bilan tajriba-sinov ishlari o‘tkazib keldi.

“Professional ta’lim va jismoniy madaniyat” kafedrasi 2 - bosqich tayanch doktoranti X.Tuychiev 13.00.05 - Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan “Bo‘lajak muhandislarning texnika oliy ta’lim muassasasiga pedagogik moslashish tizimini takomilashtirish (texnika oliy ta’lim muassasalari misolida)” mavzusidagi tadqiqot ishi doirasida Jizzax politexnika instituti talabalari hamda professor-o‘qituvchilari bilan tajriba-sinov ishlari o‘tkazib keldi.

 

TIQXMMI matbuot xizmati