Gender tenglik masalasida seminar-trening
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbaeva tashabbusi bilan mintaqada ilk marotaba Farg‘ona davlat universitetida “Gender tenglikka erishish strategiyasini hayotga tatbiq etishda xotin-qizlarning roli” mavzusidagi Respublika seminar-treningi tashkil etildi. Ushbu seminar-trening ochilish marosimida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Din ishlari bo‘yichaqo‘mita, Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi, Mahalla va oila ilmiy-tadqiqot instituti, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi va Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti mutasaddi vakillari va barcha Respublika oliy ta’lim muassasalarining xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha maslahat Kengashlari raisalari gender tenglikka erishish strategiyasi bo‘yicha o‘z nutqlari bilan ishtirok etdilar. Tadbirda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov onlayn shaklida ishtirok etib, har bir oliy ta’lim dargohlaridagi baraka, rivoj – shu joyda ishlovchi ayollarimizning pokiza va fidoyi mehnatlari mevasi ekanligini ta’kidladi.
Seminarda institut xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi raisi Z.Ismailova ham ishtirok etdi. Z.Ismailova tomonidan 2-3 mart 2021 yilda institutda o‘tkazilgan halqaro anjuman tavsilotlari bilan barcha qatnashuvchi ishtirokchilar bilan ham suhbatlar tashkil etildi. Bunday anjuman birinchi marotaba o‘tkazilganligi va undagi ko‘tarilgan masalalar hozirda nafaqat respublika, balki butun jaxon miqiyosidagi masalalarga qaratilganligini alohida qayd etib o‘tildi. Seminar ishtirokchilariga universitetda faoliyatini olib borayotgan "Gender tengligi masalalari bo'yicha tadqiqotlar markazi" "BOLAJON"innovatsion markazi va “TTJ”ga ekskursiya tashkil etildi.
Seminarda qatnashish jarayonida Z.Ismailova o‘z faoliyati uchun gender tenglik masalalarida va xotin-qizlarimizga sharoitlar yaratish, ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishlariga imkoniyatni kengaytirish, ishlayotgan oilali yosh professor ayol o‘qituvchilar, oilali talabalar va magistrantlarga bir qancha o‘qishlari va ishlashlariga engilliklar yaratish maqsadida Farg‘ona tajribasini institutda tashkil etish masalalarini o‘rganib keldim degan katta bir tajribaga ega bo‘lganligini aytdi. YA’ni:
- Institutda “Gender tengligi masalalari bo‘yicha tadqiqotlar markazi” tashkil etish;
- “BOLAJON” innovatsion markazini ochish.
O‘ylaymizki, har bir joylarda o‘tkazilayotgan anjumanlar va seminarlar bevosita tajriba almashinishga va bir qator soha yo‘nalishlariga imkonyalar, yangi fikrlar,g‘oyalar tug‘diradi. Bu esa har bir xodim bo‘lmasin, pedagog bo‘lmasin, kim bulishidan qatiy nazar ishlab turgan jamoa faoliyatini takomillashtirishga va yangi faoliyatlar, rejalar va yutuqlarga erishishga imkon beradi.
TIQXMMI matbuot xizmati