Til e’tiborni talab etadi

Mamlakatimiz Prezidentining joriy yil 4 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilinganining o‘ttiz yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qarori xalqimiz tomonidan qizg‘in kutib olinmoqda. "Yer resurslarini boshqarish" fakulteti ham ushbu bayram ko‘tarinki ruhda kutib olindi. Joriy yilning 18 oktyabr kuni institutning anjumanlar zalida O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan sana munosabati bilan tadbir tashkil etildi.

Tadbirda fakultet dekani Sh.Narbayev, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini H.Eshova, Yozuvchilar uyushmasi a’zosi shoir Doniyor Mirzo, Tillar kafedrasi o‘qituvchisi Turdiyeva Muazzam, professor-o‘qituvchilar va 1kurs talaba-yoshlari ishtirok etdilar.

Tadbirda O‘zbek tili davlat tili sifatida mamlakatimizda yashovchi millat va elatlarning tillari va boshqa xorijiy tillar bilan birgalikda rivojlanayotgani, ta’lim muassasalarida yetti tilda o‘qitilayotgani, jamiyatimiz hayotida millatlararo ahillik, birdamlik hamda hamjihatlikni ta’minlashda muhim omil bo‘layotgani alohida qayd etildi. Shuningdek, fakultetimizning iqtidorli tashabbuskor ijodkor 1 kurs talabalari o‘zlarining tayyorlab kelgan she’rlari, qo‘shiq, raqslari va ajoyib sahna ko‘rinishlari bilan yig‘ilganlarni xiushnud etishdi.

YeRB fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini Hurriyat Eshova axboroti

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov