“Saylov huquqi erkinligi - fuqarolik jamiyatining sharti” mavzusida “Sifat guruhi” ma’ruzasi
Bugun 2019 yil 18 oktyabr “Gumanitar fanlar” kafedra dotsenti Gulnora Xudoyberdievaning kalendar rejasiga asosan “Fuqarolik jamiyati” fani bo‘yicha: “Saylov huquqi erkinligi - fuqarolik jamiyatining sharti” 6-ma’ruza mashg‘ulotiga tayyorgarlik taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Siyosiy hayotimizda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan saylov qonunchiligi, bu borada qabul qilingan oltita qonun va bir qator qonunosti hujjatlari, 2019 yilda hokimiyatning vakillik organlariga bo‘lib o‘tadigan saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha tadbirlar dasturini ishlab chiqishga haqida keng ma’lumotlar berildi. Shuningdek “Sifat guruh”i grfigiga asosan Tillar hamda Oliy matematika kafedralari va professor-o‘qituvchilari ham darslarga tayyorgarlik taqdimotlarini o‘tkazishdi.
“O‘qitishning texnik vositalari” bo‘limi boshlig‘i M. Tosheva axboroti