Markaziy Osiyoda suvning kelajagi

Hozirgi davrda insoniyat oldida turgan dolzarb muammolar sirasida, suv resurslarini tejash, asrab – avaylash, undan oqilona foydalanish va muhofaza qilishdek muhim masala turibdi. “Gidravlika va gidroinformatika” kafedrasi assistentlari D.Sh.Allayorov va S.U.Jonqobilovlar «Gidromelioratsiya» fakulteti “Suv xo‘jaligi va melioratsiya” ta’lim yo‘nalishi 101 va 102 - guruh talabalari bilan 2019 yil 20 noyabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Xalqaro Orolni muhofaza qilish ilmiy-tadqiqot instituti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Markaziy Osiyoda suvning kelajagi” mazusidagi davra suhbatida ishtirok etishdi.

Davra suhbatida Markaziy Osiyoning Davlatlararo suv xo‘jaligini muvofiqlashtiruvchi komissiyasi (MKVK) qoshidagi Ilmiy-axborot markazi direktori professor V.A. Duxovnыyning yosh olimlar, izlanuvchilar hamda talaba yoshlar uchun tayyorlagan taqdimoti tinglandi va mintaqada suv xo‘jaligi sohasining o‘tmishi, buguni va ertangi kelajagi haqidagi soha egasining fikrlari yig‘ilganlarga bayon qilindi. Davra suhbatidan talabalar suv xo‘jaligi sohasi bugun qay ahvoldaligi, kelajakada mavjud suv resurslaridan qanday foydalanishimiz zarurligi haqida tushunchalarni o‘zlashtirishdi.

 

Institut matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov