Odam savdosi - mudhish illat
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Qarshi filialida 2019 yil 15 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 30 iyuldagi PF-5775-sonli “Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonining mazmun-mohiyatini yoshlarga yetkazish bo‘yicha tadbir tashkil etildi. Tadbirni ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari H.Ravshanov olib bordi. Tadbirga Qashqadaryo viloyat bandlik bosh boshqarmasi davlat mehnat inspeksiyasi boshlig‘i B.Fayziev, Qarshi shahar Ichki ishlar boshqarmasi “Odam savdosi va diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i” kapitan J.Sharopov, Yoshlar ittifoqi Qarshi shahar kengashi raisi F.Sattorovlar tashrif buyurishdi. Shuningdek, TIQXMMI Qarshi filialidan “Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat” bo‘limi boshlig‘i B.Ro‘ziqulov, O‘quv bo‘limi boshlig‘i A.Abdiyev, “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti dekan o‘rinbosari B.Allayorov, 17 nafar akademik guruh murabbiylari hamda 260 nafar talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Talabalar tomonidan berilgan savollarga tadbir qatnashchilari tomonidan aniq, qisqa va tushunarli tarzda to‘laqonli javob berildi. Tadbir qiziqarli va munozaralarga boy tarzda ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi.
Institut matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov