Dolzarb seminar-trening

Bugun 15 noyabr soat 10:00 "Gidrotexnika qurilishi" fakulteti professor-o‘qituvchilari, doktorantlar va iqtidorli talabalar ishtirokida “Investitsiya turlari va ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Seminarda fakultet dekani professor Xasanov B.B. va kafedralarning ustoz o‘qituvchilari hamda iqtidorli talabalari qatnashdilar. IIITB boshlig‘i M.Sarimsaqov “Investitsiya turlari va ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish” mavzusidagi o‘z ma’ruzasini taqdimot ko‘rinishida olib bordi. Ma’ruzadan so‘ng ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga javob berdi. Ma’ruza yuqori saviyada taqdim etildi.

 

ITI va IPKTB bosh mutaxassisi O.Abdisamatov axboroti

Institut matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov