“Eng gullagan yoshlik chog‘imda”

Joriy yilning 15 noyabr kuni V-bino 208-o‘quv xonasida QXM fakultetining 35 nafar talaba qizlari o‘rtasida “Eng gullagan yoshlik chog‘imda” mavzusida tadbir tashkil qilindi. Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi shoira M.Ulug‘ova, QXM kafedrasi professori M.Shoumarova, T va A kafedrasi v.v dotsenti N.Xoliqova, "Tillar" kafedrasi o‘qituvchisi M.Turdiyeva ishtirok etishdi.  Tadbirda  ular “Biz ota-onalar, professor-o‘qituvchilarning asosiy maqsadi yoshlarimizni tartib qoidalarga rioya qiladigan, kattalarga hurmat, ajdodlar xotirasiga ehtirom, keksalarni ulug‘lash ruhida tarbiyalash, yoshlarning har tomonlama yetuk va barkamol inson bo‘lib yetishishini ta’minlashdan iborat. Shuningdek, yoshlarning ilm dargohlarida o‘z madaniyati, aql-zakovati, yurish-turishi, qanday xislatlarga ega ekanligi oilada olgan tarbiyasining ifodasidir. Darhaqiqat, Ta’lim tizimi esa ana shu fazilatlar takomiliga ko‘mak beradi” - deb mulohazalar bildirishdi. 

E’tiborli jihati shundaki, shoira M.Ulug‘ova o‘z so‘zida “Yoshlarni kitob o‘qishga, bebaho yozma manbalarda targ‘ib etilgan bilim va ko‘nikmalarni mukammal egallashga, bu bebaho yozma manbalarda xalqimiz ma’naviyatining eng sara namunalari o‘z ifodasini  topgan, hamyurtlarimizning orzu-umidlari, intilishlari, g‘am-g‘ussalari, o‘zbeklarning uzoq va shonli tarixi bayon etilgan  badiiy asarlarni qadrlash, tengdoshlari va aholi o‘rtasida targ‘ibotini yo‘lga qo‘yish, kitobning ta’lim-tarbiya tizimidagi hech narsa bilan o‘lchab bo‘lmaydigan o‘rnini belgilashga yaqindan yordam berishiga” alohida urg‘u berib o‘tdi.

Institut matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov