“Eng gullagan yoshlik chog‘imda”

Joriy yilning 15 noyabr kuni G-bino 4-ma’ruzalar zalida GM fakultetining 42 nafar talaba qizlari o‘rtasida “Eng gullagan yoshlik chog‘imda” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil qilindi. Tadbirda Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor R.Choriyev, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Z.Xafizova, Fizika va kimyo kafedrasi katta o‘qituvchilari N.To‘xtayeva va Z.Beknazarova GM fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari X.To‘ychiнev ishtirok etishdi. Tadbirda Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor R.Choriyev va Fizika va kimyo kafedrasi katta o‘qituvchilari N.To‘xtayeva o‘z ma’ruzalarida kelajagimiz va mamlakatimiz istiqboli bugungi yoshlarimiz qo‘lidadir. Shu bois, yosh avlodni har tomonlama yetuk, komil inson qilib tarbiyalash, ularning siyosiy, ma’naviy va ijtimoiy manfaatlarini himoya qilish, ular uchun barcha imkoniyatlarni yaratish to‘g‘risida to‘xtalishdi.

Shuningdek, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida talaba-yoshlarni zamon talablari asosida tarbiyalash, talab yoshlarning har tomonlama kamol topishi, talaba yoshlarning talabalar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini yaratish, ibratli talabalarning yutuqlarini jamoa o‘rtasida keng targ‘ib qilish hamda ularni o‘quv, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy, sport, til o‘rganish sohalaridagi intilishlariga jiddiy turtki berishini e’tiborda tutishimiz lozim”-deb ta’kidlashdi.

Institut matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov