To‘y orzu-umidlar tantanasi, sarf-xarajatning emas

O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 13 yanvardagi 87-06-25 sonli xatiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2019 yil 14 sentyabridagi №2736-III/QQ-592-III-sonli Qo‘shma qarorlariga muvofiq, “To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni ixcham va tartibli o‘tkazilishini ta’minlash bo‘yicha” tasdiqlangan chora-tadbirlarning 18-bandida “Yoshlar o‘rtasida oilaning muqaddasligi, to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni ixcham va tartibli o‘tkazilishini ta’minlash bo‘yicha” belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida 2020 yil 20 yanvarda 4-sonli talabalar turar joyida talaba-qizlar bilan “Gidravlika va gidroinformatika” kafedrasi professori I.Axmedxodjaeva va kafedra dotsenti T.Apakxo‘jaevalar davra suhbati o‘tkazishdi.

Suhbat davomida yoshlar o‘rtasida urf bo‘layotgan “Ommaviy madaniyat” (“Love story”, qimmatbaho mashinallar korteji va boshqalar)ning salbiy oqibatlari, oilaviy tantanalarni ixcham va isrofgarchiliklarsiz o‘tkazish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi. Talabalar bilan fikr almashilib, ularni qiziqtirgan savollarga hayotiy tajribalaridan kelib chiqib, misollar yordamida javob berildi. Ushbu davra suhbatidan talaba-qizlar o‘zlariga kerakli bo‘lgan xulosalarga ega bo‘ldilar.

 

Institut matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov