Sogʼ tanda sogʼlom aql
TIQXMMI Qarshi filialida 1-juftlik darslari boshlanishidan oldin sport vaqti joriy etilgan. Sport vaqti har kuni soat 8:00 dan 8:25 gacha oʼtkaziladi. Sport vaqti Oʼzbekiston Respublikasi davlat madhiyasini ijro etish bilan boshlanib kelinmoqda. Haftaning juma kuni talabalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari samaradorligini oshirish maqsadida davlat madhiyasi birgalikda joʼr boʼlib ijro etilmoqda. 22-yanvar kuni ham soat 8:00 da filial talabalari tomonidan davlat madhiyasi joʼr boʼlib ijro etildi va shaxmat musobaqasi oʼtkazildi. Ushbu tadbirda filialimiz direktori, direktor oʼrinbosarlari, boʼlim boshliqlari, fakultet dekani va filial talabalari faol ishtirok etishmoqda.
TIQXMMI matbuot xizmati