Davlat raxbarining davati

   Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʼjaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari instituti huzuridagi Qumqoʼrgʼon agrosanoat texnikumida 2021- yil 20-yanvar kuni Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi hamda 2020-yil 25-dekabr kuni mamlakat yoshlari bilan videoselektor tarzida oʼtkazilgan “Oʼzbekiston yoshlari” forumi yuzasidan yigʼilish boʼlib oʼtdi. Unda Qumqoʼrgʼon agrosanoat texnikumi “Yoshlar yetakchisi” А.Mamatqulov Oʼzbekiston Respublikasi “Xalq demokratik partiyasi” Qumqoʼrgʼon tuman kengashi raisi M. Nomozov Qumqoʼrgʼon agrosanoat texnikumining 8 nafar oʼqituvchisi va 87 nafar oʼquvchi ishtirok etdi. Yigʼilishda M. Nomozov soʼzga chiqib oʼquvchilarga davlat rahbari tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalarga eʼtibor qaratildi. Shuningdek, murojaatnoma mazmun-mohiyati taqdimot slaydlari va videoroliklar orqali yetkazildi.

 

TIQXMMI matbuot xizmati