Prorektor bilan talaba-yoshlarning uchrashuvi
Bugun institutimizning 2 maʼruzalar zalida “Yer resurslarini boshqarish” fakulteti 1-kurs talaba yoshlari bilan Institut Yoshlar bilan ishlash boʼyicha prorektor R.Choriev uchrashuvi boʼlib oʼtdi. Uchrashuvni fakultet dekani Sh.Narbaev kirish soʼzi bilan ochib berib, talabalarni institut ichki tartib-qoidalari, muomala, kiyinish madaniyati va talablar haqida talabalarga hayotiy misollar bilan tushuntirish va tavsiyalar berib oʼtdi. Shundan soʼng institut Yoshlar bilan ishlash boʼyicha prorektor R.Choriev oʼz nutqida taʼlim muassasasida tahsil olayotgan har bir talaba ongida sogʼlom maʼnaviy va ijtimoiy-psixologik muhitni shakllantirish. Uning nufuzi hamda obroʼ-eʼtiborini asrab-avaylash, yuksak maʼnaviy va axloqiy talablarga javob beruvchi avvalambor, odob-axloq qoidalariga rioya etuvchi talaba-yoshlarni tarbiyalashi zarur.
Har bir talaba institutning ichki tartib qoidalarini, xususan, yuksak maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega, jamiyat, davlat va oila oldida oʼz masʼuliyatini his etadigan, davlatning ichki va tashqi siyosatini toʼgʼri anglaydigan, vatanparvar va xalqparvar, tashabbuskor va tadbirkor, zamonaviy bilimlar bilan qurollangan hamda yuksak insoniy fazilatlarga ega boʼlgan irodasi baquvvat, iymoni butun va vijdoni uygʼoq mutaxassislarning boʼlishlari lozimligi. Shuningdek, talaba-yoshlarga ular ongida maʼnaviy immunitetini shakllantirish, saqlash va himoya qilish, yoshlar orasida odob-axloqni buzishga, shu jumladan zoʼravonlik, hayosizlik va shafqatsizlikni tashviqot qilishga qaratilgan har qanday xatti-harakatlarning oldini olish, jumladan, yoshlarni ichkilikbozlik va giyohvandlik illatlaridan, boshqa turli halokatli tahdidlar hamda biz uchun yot boʼlgan diniy va ekstremistik taʼsirlardan, tuban "ommaviy madaniyat” xurujlaridan himoya qilishga koʼmaklashishdan iboratligi toʼgʼrisida tushunchalar berildi.
Institut prorektori R.Choriev 1-kurs talabalarini institutda yoshlarga yaratilgan sharoitlar va ularning har tomonlama kamol topishi va bilim olishlari uchun yaratilgan qulay sharoitlar haqida toʼxtalib, talabalarni institut hayotida faol boʼlishga chaqirdi. Uchrashuvda talabalar tomonidan oʼzlarini qiziqtirgan savollar boʼyicha atroflicha javob oldilar. Shuningdek, faol talabalar oʼzlarining taklif va murojaatlari bilan oʼrtoqlashdilar. Uchrashuv qizgʼin savol-javoblar ruhida oʼtdi.
TIQXMMI matbuot xizmati