Baxt kaliti qayerda?
Olam va odam muammosi insoniyat yaralibdiki, asriy va davriy muammo bo‘lib kelgan. Har bir inson o‘zining orzu untilishlari bilan yashaydi, unga erishish yo‘llari haqida bosh qotiradi. Birov unga erishadi, boshqa birov esa mag‘lubiata duch keladi. Xo‘sh, hayot dovonlar osha ilgarilanma harakat ekan, uning dovonlaridan oshishi uchun odamzotga nima zarur, u qanday bo‘lishi kerak mazmunidagi savollar ko‘ndalang turadi. Hayotda baxt formulasi bormi, u kimlarga nasib etadi?
Ushbu savollarga javob barchani birdek qiziqtirishi tabiiy hol. "Pedagogika va psixologiya" kafedrasi tomonidan tashkil etilgan ruhiyatshunos olim Shermuhammad Mo‘minov bilan bo‘lgan uchrashuvda ana shu masalalarga e'tibor qaratildi. U g‘oyatda bilimdonlik, zukkolik va yuksak mahorat bilan barchaning e'tiborini va mehrini qozona oldi.
"Baxtli yashash siri" seminar - treningda ushbu savollarga javob olish uchun imkon yaratildi
1.Alloh nima uchun insonni yaratdi..?
2.Baxt tushunchasi..
3.Muammolarni bartaraf etish sirlari..
4.Muammo baxt sari ilk qadammi..
5.Muammo - Baxtsizlik - Rivoj - Mukammallik..
6.Shaxs rivojlanish bosqichlari..
7.Dunyodagi 3 toifa odamlarning yashash qoidalari..
8.To'rt tomonlama rivojlanish siri..
9.Asablarni tiklovchi, quvvat beruvchi meditatsiyalar..
10.Baxt qasrini qurish.. kabi masalalarga to‘xtalindi.
Tadbir ayricha ruhda, jonli tarzda o‘tdi.
Institut matbuot xizmati rahbari R.Jumaniyozov