Ekstremizm, terrorizm – yoshlar kelajagiga tahdid
“Dunyoda terrorizm tahdidlari, ayniqsa, so‘nggi yillarda kuchayib borayotgani ularga qarshi, asosan, kuch ishlatish yo‘li bilan kurashish usuli o‘zini oqlamayotganidan dalolat beradi”. Sh.M.Mirziyoev
Ekstremizmning o‘zini talqin qiladigan bo‘lsak, o‘zlari mansub bo‘lgan diniy konfessiya vakillarini radikal harakatlarga chorlovchi, mamlakatdagi tinchlik va osoyishtalikni izdan chiqarishga intiluvchi, mavjud konstitutsion tuzumni ag‘darib tashlashga da’vat etuvchi tajovuzkor siyosiy faoliyatdir. Bugun Yer resurslarini boshqarish fakultetida professor o‘qituvchilar va talaba yoshlar o‘rtasida “Ekstremizm, terrorizm – yoshlar kelajagiga tahdid” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv o‘tkazildi. Unda fakultet dekani Sh.Narbaev, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini H.Eshova, professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Tadbirni fakultet dekani Sh.Narbaev ochib berdi va keyin so‘z navbatini tadbir mehmonlari Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB TEQKB xodimi mayor S. A.Tajidinov, Mirzo Ulug‘bek tumani profilaktika katta inspektori katta leytenant X.X.Abdullaevlarga berildi. Ular o‘z nutqida Xalqaro terrorizmga Suriyadagi O‘zbeklarning ishtiroki haqida bo‘ldi. Har muammoni hozirgi kungacha hal qilib kelingan bundan keyin xam bu diniy muammolar hal qilinadi. Faqatgina bunga xar bir inson dadil xarakat qilishi kerak. Avvallari odamlarga diniy ekstemistik g‘oyalarni singdirishga ko‘plab vaqt talab qilingan bo‘lsa hozirgi kunda bu g‘oyalarni singdirishga juda xam oz vaqt sarflanmoqda. Xattoki 1oy ham yetarli bo‘lyapti. Bu jarayon juda xam tezlik bilan amalga oshmoqda. Shuning uchun xam biz birgalikda dadil xarakatni boshlashimiz va teng xarakat qilishimiz lozim.
Jumladan, Islom dini to‘g‘ri yo‘lga davat etishini, ajdodlarimizning kitoblarini o‘rganishimiz, ularni fikrlarini o‘rganishimiz kerakligini aytib o‘tdi. Yig‘ilishida “Terrorizmning ildizi qaerdaligini ta’lim-tarbiya ishlarini ma’rifat yo‘lida olib borish kerakligini aytib o‘tilib, “Diniy ekstremizm va terrorizmning salbiy oqibatlari” mavzusida barcha fakultet va guruhlar kesimida muntazam olib borilishi va murabbiylarning o‘z guruhlarida har bir talaba bilan individual tarzda tushuntirish ishlari olib borilishiga kelishib olindi. Yig‘ilish so‘ngida tadbir mehmonlari talabalarga kelgusidagi o‘qish va ishlarida ulkan zafarlar tilab, hech qachon loqayd bo‘lmaslikka, faqatgina ijobiy ishlarni amalga oshirishga chaqirdi. Ushbu tadbir talabalarda katta taassurot qoldirdi.
YeRB fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini Hurriyat Eshova axboroti
Institut matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov