Gidroponikaga sayohat
“Qishloq va suv xo‘jaligi energiya ta’minoti” fakulteti 5430500- Qishloq va suv xo‘jaligi energiya ta’minoti ta’lim yo‘nalishining 1-bosqich talabalari “5+1 tizimi” bo‘yicha “Elektrotexnologiyalar va elektr jihozlaridan foydalanish” kafedrasi assistenti Sh.Yusupov bilan Toshkent davlat agrar universiteti qoshidagi “Gidroponika markazi” DUK bilan yaqindan tanishdilar. Eng zamonaviy va so‘nggi texnologiyalar asosida qurilgan ushbu Gidroponika (issiqxona) 2016-yilda O‘zbekiston va Koreya davlatlari hamkorligida yaratilgan. Hozirda issiqxonada qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ya’ni pomidor, bodring va har xil gul ko‘chatlar yetishtirib kelinmoqda. Issiqxonaning ichidagi mikroiqlim, isitish va shamollatish tizimlari, sug‘orish tizimlari, yoritish va oziqlantirish tizimlari to‘liq avtomatlashtirilgan tarzda ishlaydi. Bunday issiqxonalar hozirgi vaqtda respublikamizda ko‘plab qurilayotganligi va bu eskicha issiqxonalardan ko‘ra ko‘proq daromad keltirayotganligi va har tomonlama energiya tejamkorligi bilan ajralib turadi.
Bu esa talabalarda yanada ko‘proq qiziqish uyg‘otdi va kelajakda mana shunga o‘xshash issiqxonalar barpo etish kerakligi bo‘yicha o‘zaro fikrlar almashdi hamda o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan yetarlicha javoblar olishdi.
TIQXMMI matbuot xizmati