Dunyoviy tillar bilan tillashib

Ma’rifatparvar adibimiz Avaz O’tar o’g’li o’z vaqtida “Har tilni biluv emdi bani odama jondir, Til vositayi robitayi olamiyondir, G’ayri tilini bilgali sa’y qiling yoshlar, Kimki ilmu hunarlar rivoji andin ayondir” – deb yozgan edi. Rivojlangan davlatlarning aksariyatining ziyoli qatlami jahoniy tillarni puxta o’zlashtirgani bilan xarakterlanib turadi. Shunday ekan, til o’rganishga ehtiyoj yuqori darajada bo’lishi kerak.
Bugungi jadal rivojlanib borayotgan globallashuv, tezkor axborot asrida yashar ekanmiz mamlakatimizda, xususan, yoshlarimiz orasida til, ayniqsa, allaqachon butun jahon tiliga aylanib ulgurgan ingliz tilini o'rganishga  bo'lgan talab va ishtiyoq tobora ortib bormoqda. Ingliz tilini mukammal biladigan soha mutaxassislari yurtimiz rivoji uchun  naqadar muhim ekanligini chuqur anglagan Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining "ingliz tili" kafedrasi o'qituvchilari bu borada  samarali mehnat olib bormoqdalar. 
Ushbu  kafedra a'zolari kafedra rahbari F.B.Rahmatullayevich boshchiligida hamda ingliz tili o'qituvchisi F.B.Muradimova ko'magida institut yoshlarini rag'batlantirish, ularning til o'rganish jarayonlarini yanada boyitish,  mazmunliroq  tashkillashtirish maqsadida bir qator chet ellik mutaxassislarni ham jalb qilmoqdalar. Kuni kecha Amerika Qo'shma shtatlaridan tashrif buyurgan Cleia Peterson xonim ishtirokida o'tkazilgan seminar trening talabalarimiz uchun nihoyatda ahamiyatli va maroqli bo'ldi. 
Muloqot chog'ida yoshlar  ko'plab savollariga javob oldilar, jarayon ularni yanada ruhlantirib,   ingliz tilini  mukammal o'rganishga bel bog'ladilar.

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov