Ehtiyoj va imkoniyat
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining 2-TTJda istiqomat qiluvchi talabalar bilan davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbatini institut bosh hisobchisi I. Hasanov olib bordi. TTJ direktori Z.Yuliyev, 2-TTJ mudiri, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Z.Xafizova, tarbiyachi-pedagog A.Xaitovalar o‘z mulohazalari bilan ishtirok etishdi.
Davra suhbatida 2-Talabalar turar joyida talabalar sonining ortishi munosabati bilan yotoqxona kommunal to‘lovlarini qayta ko‘rib chiqish borasida so‘z yuritildi.
2019 yil 19-aprel kuni 2-talabalar turar joyida, Institut bosh hisobchisi Ilhom Xasanov bilan davra suhbati o‘tkazildi. Suhbatda 3–talabalar turar joyi kapital ta’mirlashga topshirilishi munosabati bilan, talabalarning ma’lum bir qismi 2-talabalar turar joyiga ko‘chirilganligi bois kommunal to‘lovlarni qayta ko‘rib chiqilishi haqida ma’lumot berildi. Talabalar soni xonalarda 7-8 nafar bo‘lib yashayotganligi sababli yotoqxona to‘lovi qisqartirildi. 4-kurs talabalarining yotoqxona to‘lovi qisqartirilganligi uchun ortiqcha mablag‘i qaytariladi (bitiruvchi kurs bo‘lganligi sababli).
Talabalarning kommunal to‘lovlarini oshiqchaligi sentyabr oyida qo‘shib berilishi haqida gapirildi. Umumiy qilib olganda, talabalar turar joyida yotoqxona kommunal to‘lovlari haqida tushunmovchiliklar bartaraf etildi. Institut bosh hisobchisi I. Hasanovga talabalar stipendiya va kommunal to‘lovlari haqida savollar berishdi va berilgan barcha savollarga to‘liq va qoniqarli javoblar olindi.
2-TTJ tarbiyachi-pedagogi A. Xaitova axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov