Natijador forum
Rossiya Federatsiyasining Moskva Davlat qurilish universiteti, TIQXMMI va Gidroproyekt AJ hamkorligida 18-21 aprel kunlari o‘tkazilgan “XXII INTERNATIONAL SCIENTIFIC CONFERENCE ON ADVANCED IN CIVIL ENGINEERING CONSTRUCTION THE FORMATION OF LIVING ENVIRONMENT 2019” forumida institutimizning “Suv energiyasi va nasos stansiyalaridan foydalanish” kafedrasi professor o‘qituvchilari tashkiliy ishlar va sho‘’balarda tashkil qilingan ma’ruza jarayonlarida faol ishtirok etishdi. Jumladan, kafedra mudiri, t.f.d., prof. D.Bazarov, prof. R.Ergashev, dotsentlar T.Sh.Majidov, B.R.Uralov, B.M.Obidov, E.K.Kan, F.Sh.Shoazizov, S.K.Xidirov, N.M.Ikramov, katta o‘qituvchi A.S.Badalov, assistentlar A.A.Ergashev, F.K.Artikbekova, Z.Urazmuxamedova, M.S.Berdiyevlar hamda D.Bazarov rahbarligida “Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi” mutaxassisligida tahsil olayotgan magistrant B.Shodiyev, GTQ 4 kurs talabasi F.Axmatovlar, “HYDROTECHNICAL CONSTRUCTION AND MELIORATION” nomli 5 sho‘’bada jami 9 ta ilmiy maqolalar bilan qatnashib, sertifikatlar bilan taqdirlanishdi.
Ushbu maqolalar SCOPUS ba’zasida ro‘yxatdan o‘tgan ilmiy maqolalar to‘plamlarida chop etishga tavsiya qilinadi. Forumning yosh ilmiy tadqiqotchilar uchun mo‘ljallangan “COMPETITION «YOUTH INNOVATIONS» dasturi bo‘yicha kafedra magistranti B.Nazarov muvaffaqiyatli qatnashib diplom va forumning bronza medali bilan va kafedrada tashkil qilingan “Gidroenergetik qurilmalar” to‘garagida faoliyat yuritayotgan iqtidorli talabalardan GTINSF ta’lim yo‘nalishi 4 kurs talabasi J.A’zamov (kafedra dotsenti E.Kan rahbarligida) muvaffaqiyatli qatnashib diplom bilan taqdirlanishdi.
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov