Xalqaro konsultantning institutimizga tashrifi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi (BMTTD), Global Ekologik Jamg‘arma (GEJ) va Davergeodezkadastr qo‘mitasi bilan hamkorlikdagi “O‘zbekistonning tog‘li, yarim cho‘l va cho‘l landshaftlarida sug‘orilmaydigan qurg‘oqchil yerlarni raqobatli ekspluatatsiya qilinishi natijasida tabiiy resurslardan foydalanish bosimini kamaytirish” loyihasining bajarilish holati bilan tanishish uchun Germaniya Federativ Respublikasining xalqaro konsultanti Maks Kasparek rasmiy tashrif bilan TIQXMMIga keldi. 
Tashrifda institutimiz xususida umumiy ma’lumotlar bilan birgalikda BMTTD loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar haqida batafsil axborot berildi. Mahalliy konsultant sifatida prof. A.S. Chertovitskiy, loyihaning faol qatnashchisi dekan Sh.K.Narbayev hamda Markaz rahbari R.Oymatov loyiha natijasida TIQXMMIning faoliyatidagi ijobiy o‘zgarishlar yoritib berdi.
Ushbu loyiha yordamida yangidan tashkil qilingan «O‘zbekistonning turli landshaftlaridagi yerlarning tarkibi va tavsifini masofaviy usulda o‘rganish» Markazidagi zamonaviy asbob-uskunalar bilan yaqindan tanishtirildi. Xalqaro konsultant Maks Kasparek loyiha natijalaridan yaxshi taassurot bilan navbatdagi belgilangan tashkilotga yo‘l oldi.

    Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov