Nodir va noyob iste’dod sohibi
O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston Qahramoni Abdulla Oripov milliy adabiyotimizni yangi bosqichga ko‘targan nodir iste’dod sohibi edi. Abdulla Oripov she’rlaridagi mazmun-mohiyatni, hikmatni chaqish kerak, kelajak avlodlarga bu bebaho merosni bus-butun yetkazish kerak. Aytish joizki, o‘zbek xalqining milliy o‘zligini anglash, mustaqillik uchun kurashlarida Abdulla Oripov she’riyati alohida o‘ringa ega bo‘lgani rost.
Muhabbat, ona, hayot, mehr, istiqlol, ezgulik kabi turli mavzularni qamrab olgan adib she’rlari inson qalbini larzaga solmay qo‘ymaydi. Uning yuksak badiiy, teran, falsafiy she’rlari xalqimiz ko‘nglidan chuqur joy olgan. Dramalari, doston va tarjimalari, publitsistik asarlari adabiyotimiz rivojiga ulkan hissa bo‘lib qo‘shilgan. Ayni kunlarda ta’lim muassasalarida ulug‘ shoir tavalludining 80 yilligi va uning xotirasini abadiylashtirishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, uchrashuv va davra suhbatlari o‘tkazilmoqda.
Bugun institutning “Gidrotexnika qurilishi” fakultetining bir guruh ijodkor iqtidorli tashabbuskor talaba-yoshlari va professor-o‘qituvchilari "Adiblar xiyoboni"da o‘zbek xalqining buyuk adibi Abdulla Oripov siymosi aks etgan haykal qoshida jam bo‘lishdi Tadbirda adibning zamonaviy o‘zbek adabiyoti rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi, davlat va jamoat ishlaridagi faolligi, yosh ijodkorlarni tarbiyalashdagi jonkuyarligi haqida so‘z yuritildi.
“GTQ” fakulteti Yoshlar bilan
ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari A.I.Azimov axboroti
TIQXMMI matbuot xizmati