Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining qarshi filiali huzuridagi akademik litseyining yosh va iste'dodli talabalari ijodidan.

"Ustoz-otangdek ulug’"

"Ijodkor ahlining quvonchi ham, dardi ham,do’sti ham,sirdoshi ham uning "qalami"dir.Qalam esa,tinimsiz yozib turishi lozim.Yozishdan to’xtagan qalam sayqallanmasdan qoladi va shunchaki yog’ochligicha qolib ketaveradi.Aksincha,ijodkor qo’lida tinimsiz harakatlanganida esa, kimlarningdir dardiga malham,quvonchiga sababchi bo’lib xizmat qiladi". Men yuqorida keltirib o’tgan jumlalarimni o’zim uchun odatiy qoidaga aylantirib olganman desam mubolag’a bo’lmaydi. Ammo mana bir necha kun o’tibdiki hech narsa yozmadim. Aniqroq qilib aytganda yozish uchun mavzu tanlay olmadim. Balki bir oz erinchoqlik ham qilgandirman. Barchamizning sevimli shoirimiz Erkin Vohidov aytganlaridek:"Shoir bo’ldim dangasalikdan...".Ehtimol menda ham shunday bo’lgandir. Bugun men ko’nglimning bir chetida saqlab yurgan "ustozlar" haqida yozishga qaror qildim.Avvalombor,men bu mavzuni nega tanladim.

Yuragida olam-olam hayajon bilan ilk bor maktab ostonasiga qadam qo’ygan bolajonlarning jajji qo’lchalariga qalam ushlashni o’rgatgan,ularga sabr bilan har bir harfni tanitgan,o’zidagi bor bilimlarini ulashib ta'lim-u tarbiya bergan ham shu ustozlar bo’lishadi.Bizlarga ilk bor harfni tanitgan ham,ulg’ayib jamiyatda o’z o’rnimizni topishimizning sababkorlari ham bizning mehribon va jonkuyar ustozlarimizdir.Ular ba'zan onadek mehribon,otadek qattiqqo’l,qadrdon do’st kabi sirdosh-u hamdam bo’lishadi.O’z bilimi va tarbiyasini ko’kdagi quyosh yanglig’ be'minnat ulashuvchi yuksak qalb sohiblaridir.Bola uyida ota-onasidan tarbiya olsa,maktabda ustozlari unga to’g’ri yo’lni ko’rsatishadi.Biz doim:"Vatanimiz istiqboli biz yoshlarning qo’limizda"-deya ko’p bor takrorlaymiz.Yo’q,aslida yurtimizning porloq kelajagi shu yoshlarga ilm ulashayotgan ustozlarimiz qo’lidadir.Negaki,ular yosh avlodga bergan bilimlari tufayli jamiyatda mana shunday salohiyatli kadrlar yetishib chiqadi.Har bir yoshning iste'dodini kashf etib,uni to’g’ri yo’naltira olish hozirgi kun pedagoglarining eng katta yutug’idir.Zeroki,jamiyatda o’z o’rninimizni topa olishimiz bizning yashirin iqtidor-u iste'dodimizni vaqtida yuzaga chiqara olishimizga bog’liq.Shu tufayli, noyob iste'dod egalarini vaqtida aniqlab,ularning iqtidorini namoyon etishiga imkon yaratib berish vaqti kelib vatanimiz bayrog’ini yanada yuqoriga ko’taradigan yoshlarning yetishib chiqishiga sabab bo’ladi.Shuningdek,bolaning ko’ngliga yo’l topa olib,ularni darslarga qiziqtira olish,diqqatini shu fanga uzoq vaqt jalb qilib turish oson ish emas,albatta.Bunday murakkab vazifani faqatgina yetarlicha malakaga va bilimga ega bo’lgan pedagoglargina uddalay olishadi.Shunday ekan jamiyatda chuqur bilimga ega,tinimsiz o’qish va izlanishda bo’ladigan o’qituvchi-pedagoglarni yetishtirib berish masalasiga ko’proq e'tibor berish lozim.Yuksak ilm sohibining ta'limini olgan yoshlargina keyingi avlodga yana o’zi kabi kadrlarni yetishtirib bera oladi. O’z faoliyati davomida ustozlarining maslahatini olib,undan to’g’ri foydalana olgan insonlar shubhasiz, malakali mutaxassis bo’lib yetishadi.Nafaqat maktabdagi ustozlarimiz,balki o’rta-maxsus va oliy o’quv yurtlaridagi ustozlarimizning ham bizlarga berayotgan ta'lim-u tarbiyalari biz yoshlarning kelajagi uchun mustahkam poydevor bo’lib xizmat qiladi. Hozirgi kunda ustoz va murabbiylarga qaratilayotgan e'tibor tufayli,ular bugun o’z ustilarida ishlab,izlanib,zamon talablariga javob bera oladigan metodlardan foydalangan holda yoshlarga dars berishni yo’lga qo’yishgan.Bu esa,yurtimiz yoshlarining dunyo yoshlari bilan bemalol fikr almashishi,urf-odatlarimiz-u qadriyatlarimizni boshqa millat vakillariga namoyon etishiga zamin yaratib beradi.Bularning barchasi bizning ustoz va muallimlarimizning qilgan sa'y-harakatlari samarasidir.Biz qanchalik yuqori natijalarga erishmaylik,bu yutuqlarimiz sababchilarini hech qachon unutmasligimiz,ularni e'zozlab yashamog’imiz lozim.Zero,"Ustoz-otangdek ulug’"-degan dono xalqimiz.

Muallif: "O’zbekiston jurnalistika

va ommaviy kommunikatsiyalar

universiteti" talabasi Begmatova Munisa.

JANNATLARDAN GUL TUTARMAN QO'LLARIGA

Jannatlardan gul tutarman qo'llariga,

Qadam bossa poyondozman yo'llariga.

Olam ichra bittadir  yagonam mening

Hammadan ham mehribondir onam mening.

Shu qalbimga o'zi soldi so'zlarini,

Yoshin artay borib g'amgin ko'zlarini.

Bugun ko'rib kelaman men o'zlarini

Olam ichra bittadir onam mening

Hammadan ham mehribondir onam mening.

Doim kulgu arimasin yuzlaridan,

Har on shodlik ko'ray onam ko'zlaridan.

Qalbim orom olar onam so'zlaridan,

Olam ichra bittadir onam mening

Hammadan ham mehribondir onam mening.

Shu ruhimda chigilgandir katta tugun,

Mening ko'nglim yarim emas asli butun.

Quvonchbek ham onasini maqtar bugun

Olam ichra bittadir onam mening

Hammadan ham mehribondir onam mening.

 

VATAN

Sen mening vatanim,qaro ko'zimsan,

Tilimdagi har bir aytgan so'zimsan.

Nazmiy saroyingda men bir misrangman,

Vatanim,sen mening qarog'imdasan.

Tarix solnomangni bir on o'qisam

Ko'zimga seldayin yoshlar keladi.

Lek shonli tarixing borligi sabab,

Qalbimga bir olam faxr to'ladi.

Hapqirib uradi tinmay yuragim,

Yaxshidir niyatim,shudir tilagim-

Kamolga yet yurtim,baxtga to'l yurtim

Aziz va jonajon O'zbekistonim.

G'ANIYEV QUVONCHBEK

ONAJONIM

Yorug' olamni ko'rdim,

Siz tufayli onajon.

Jannatimsiz, siz mening-

Bor quvonchim jonajon.

Siz sababli yashayman-

Baxtli,shodon onajon.

Bor dunyoga alishmam

Dunyoyim siz,mehribon.

Nur bo'lay qarog'izga

Chiroyligim,sarishtam,

Qalbimizning to'ridan

O'rin olgan farishtam.

QURBONOV BEHRUZ

SOG'INCH

Onamsiz dunyoda eng holis ko'zgum,

Hayol osmonimda misli farishtam.

Sizni ko'rgim kelar ko'zim bo'lib nam,

Onajonim,sini yomon sog'indim.

Ollohimning suygan bandasidirman-

Sizdek onam bordir,ko'zim nurimsiz.

Baxtli yashash sirlarin o'rgatdingiz siz,

Omonatim,sizni yomon sog'indim.

Jannatning yog'dusi sizga qaralsin,

Eng hushbo'y ifori sizdan taralsin.

Bedor o'tmasin hech tuningiz men deb,

Onajonim,sizni yomon sog'indim.

Mehribonim, sizni yomon sog'indim.

YO'LDOSHEVA O'G'ILOY

TIQXMMI matbuot xizmati