Tomonlar uchun manfatli bo‘lgan ilmiy-amaliy anjuman
2020-yilning 14-oktyabr kuni “O‘zstandart” agentligi huzuridagi O‘zbekiston milliy metrologiya instituti va Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti bilan hamkorlikda sanoat korxonalariga standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash yo‘nalishlari bo‘yicha malakali kadrlarni tayyorlash hamda sohaga doir ilm-fan va ta’limni rivojlantirishni yo‘lga qo‘yish maqsadida prorektor va professor o‘qituvchilar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tgan edi. Ushbu ishlarning amaliy davomi sifatida 2021 -yilning 20-may sanasida "Metrologiya-2021. Salomatlik uchun o‘lchashlar" shiori ostida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi.
TIQXMMI professor-o‘qituvchilari prof. Plaxtiev A.M., dotsentlar Baratov R.J., Denmuxammadiev A.M. lar "TIQXMMI va "O‘zstandart" agentligi o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli integratsiya("Elektrotexnika va mexatronika" kafedrasi misolida)" mavzusidagi ma’ruzasi bilan muvoffaqiyatli ishtirok etishdi. Ma’ruzada agentlik bilan TIQXMMIning istiqbolli rejalari taqdimot qilinib, yoshlarni ilm-fanga yo‘naltirish masalalari muxokama qilindi. Anjuman davomida qiziqarli savol-javoblar va munozaralar bo‘lib o‘tdi.
“Elektrotexnika va mexatronika” kafedrasi
Stajer-o‘qituvchisi A. Mustafoqulov axboroti
TIQXMMI matbuot xizmati