Jonajon maktab va muallimlar qadri
Bugun Mirzo Ulug‘bek tumani “Asaka” mahallasida joylashgan 18-sonli umumta’lim maktabini bitiruvchi o‘quvchilarga shaxodatnomalar topshirish tadbiri bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda “Yer resurslarini boshqarish” fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini H.Eshova, “Davlat kadastrlari” kafedrasi mudiri Q. Raxmonov ham ishtirok etishdi. Tadbirni maktab direktori N.Begmanova ochib berdi. Ilm-u salohiyatli o‘quvchi maktabning, o‘qituvchining yorug‘ yuzi, jamiyat tayanchi. Bugun yurtimizda ana shunday-el koriga yaraydigan, yurt ravnaqiga kamarbasta yoshlarni voyaga etkazish yo‘lida betinim harakat qilmoqda. Zotan, iste’dod unib-o‘ssagina bo‘y ko‘rsatadi. Prezidentimiz tomonidan O‘zbekiston yoshlar ittifoqining ta’sis etilgani esa yoshlarga bildirilgan yuksak ishonch, e’tibor va g‘amxo‘rlikning amaliy ifodasidir. Yoshlar ittifoqining bosh maqsadlaridan biri ham shu aslida o‘g‘il-qizlarni ona Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, ularning uchqun olayotgan shijoati, g‘ayrati, iste’dodini alanga oldirishdan iborat.
Bugun ushbu maktabni a’lo baholarga bitirgan bir qator talabalar orasida 6 nafari hali qo‘llarida shahodatnomalarini olmasdan turli mamlakatlarni nufuzli unversitetlariga o‘qishga kirishgan. Ular 11 “A” sinf o‘quvchisi E.Umarova Amerika Qo‘shma SHtatidagi “University or Memphis” Shtat Tennessi oliygohida, 11 “b” sinf o‘quvchisi Z.Normatova Fransiya “Lion universiteti” hamda Belorusiya Davlat informatika va radioelektornika universitetiga, 11 “v” sinf o‘quvchisi Tigay Anastasiya Valerevna janubiy Koreyaning Puchon universitetiga, 11 “a” sinf o‘quvchisi O.Erkaboeva janubiy Koreyaning Puchon universitetiga, 11 “a” sinf o‘quvchisi A.Muxamedjanov Singapur universitetiga, 11 “B” sinf o‘quvchisi S.Axmedov Westminster international University in Tashkent kabi universitetiga, to‘lov kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingani bu albatta, bugungi kun yoshlarini yutug‘idir. Ana shu ezgu g‘oya yo‘lida jon koyituvchi, mamlakatimiz taqdiri va kelajagida befarq bo‘lmagan mas’uliyatli, vatanparvar yoshlarni tarbiyalashda birinchi navbatda Ustoz pedagoglarning xizmatlari juda katta.
Darhaqiqat, bugungi kunda umumta’lim maktablarida o‘quvchilarga berilayotgan ta’lim-tarbiya, pedagoglarga bo‘lgan hurmat va e’tibor tobora yuksalib bormoqda. Ustoz-murabbiylarning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash, iste’dodli o‘quvchilarni kashf etish, ularni o‘zlari qiziqqan hamda orzu qilgan kasbga yo‘naltirish ta’lim sohasining muhim vazifasiga aylandi. Bugun o‘quvchilarini yutuqlardan mamnun bo‘lib, o‘qituvchilar so‘zga chiqishdi. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari N.Madaminova, O‘zbek tili o‘qituvchisi R.Alimbekova, Biologiya fani o‘qituvchisi T.Grigorevnalar o‘quvchilariga kelgusi o‘qish va ishlariga hayot yo‘llariga ulkan muvaffaqiyatlar tilashdi. Bugungi tadbirda ishtirok etgan “Yer resurslarini boshqarish” fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini H.Eshova, “Davlat kadastrlari” kafedrasi mudiri Q.Raxmonovlar ham so‘zga chiqib o‘quvchilarning bundan keyingi o‘qish va ishlariga omad tilab, bilimli o‘quvchilarni Toshkent irrigatsiya qishloq xo‘jaligining mexanizatsiyalash muhandislari institutida ham kutib qolamiz, deb esdalik uchun institut logotipi tushirilgan futbolkalar topshirildi.
YERB fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini H. Eshova axboroti
TIQXMMI matbuot xizmati