“Gidromelioratsiya” fakultetining mahalla bilan ishlashdagi “Yo`l xaritasi”
Toshkent irrigasiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti rahbariyati hamda “Gidromelioratsiya” fakultetiga biriktirilgan “Lashkarbegi” MFY bilan o`zaro hamkorlik masalalari kun sayin o`zining ijobiy samarasini bermoqdaki, buni hayotiy amaliyotga bog`lash kunning eng dolzarb masalasi ekanligini ko`rish mumkin. Mahallada amalga oshiradigan vazifalar bo`yicha “Yo`l xaritasi” ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent irrigasiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti binosida “Lashkarbegi” mahalla faxriylari va Yoshi ulug` ziyolilari bilan jami 27 nafar mahalla nuroniylari ishtirokida uchrashuv bo`lib o`tdi. Dastlab, uchrashuvni fakultet Yoshlar bilan ishlash bo`yicha dekan muovini Z.Abdurashidov kelgan mehmonlarni tanishtirdi va uchrashuv mazmun va mohiyati haqida qisqacha tushuntish berib o`tdi. Shundan so`ng “Yo`l xaritasi” ijrosini ta`minlashga mas`ul “Gidrologiya va gidrogeologiya” kafedrasi mudiri dotsent D.Nazaraliyev so`zga chiqib, mahalla va institut bilan hamkorlikda qilingan ishlar hisoboti va kelajakda qilinadigan, amaliyotga joriy etiladigan vazifalar to`g`risida to`xtaldi. Mahalla faollari bir ovozdan qilingan ishlar yuzasidan tashakkurlarini izhor etishdi.
So`zga chiqqan fakultet dekani A.Fathulloyev tasdiqlangan “Yo`l xaritasi”dagi 14 banddan iborat amalga oshiriladigan tadbirlarni birma bir atroflicha tahlillar asosida yoritib, ularni instituti doirasida ijobiy hal qilish yo`llarini mahalla ziyolilari bilan o`rtoqlashdi. Bu uchrashuvda “Yo`l xaritasi”da belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan fikr va mulohazalar bayon etildi. Taklif va mulohazalar yuzasidan fakultet dekani hurmatli rektorimiz, “Lashkarbegi” MFY saylangan deputat O`.P.Umirzakovning ishlariga yuqori baho bergan mahalla raisi N.Karimova va uning o`rinbosarlari so`zga chiqqan nuroniylari yana ham mahalla uchun qilinadigan ishlarni jadallashtirish kerak ekanligini ta`kidladilar.
Institut tomonidan mahalla yoshlari uchun oliy ta`lim muassalariga o`qishga kirishlari uchun institut rahbariyati bepul matematika, fizika, ingliz tili va chizmachilik fanlaridan to`garaklar tashkil qilinganligi ma`lum qilinib, kollej va umumta`lim maktablarini bitirib ishga joylashmagan mahalla yoshlarini ishga joylashtirish maqsadida institutda mavjud bo`sh ish o`rinlari haqida ma`lumotlar berildi. Tadbir yakunida mahalla uchun institut rahbariyati tomonidan yaratib berilayotgan shart-sharoitlarga o`z minnatdorchiliklarini bildirgan faollar so`zga chiqib, oliy ta`lim bilan mahallabay tizimi yo`lga qo`yilgani o`z samarasini berayotgani ta`kidladilar
GM fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo`yicha dekan muovini Z.Abdurashidov axboroti
TIQXMMI matbuot xizmati