Ilmiy seminarga xorijiy mehmonlarning tashrifi

“Elektrotexnika va mexatronika” kafedrasida 2019 yil 20 avgustda Janubiy Koreyaning “Sun Moon University” universiteti professorlari Prof. Young-Sik Pyun, Prof. Soo-Wohn Lee, Prof. Avaz Amanovlar ishtirokida ilmiy seminar o‘tkazildi. Sun Moon universiteti professorlari quyidagi mavzularda ma’ruza qildi:

Prof. Young-Sik Pyun “Application of Surface Modification Technology to the Industrial Components and Controlling their Corrosion and Fatigue Properties”, Prof. Soo-Wohn Lee “Modified Α-Nimoo4 Photocatalyst for Efficient Dyes/Drugs Degradation and Bacterial Inactivation In Waste Water”, Prof. Avaz Amanov “Post-Additive Manufacturing Surface Engineering for Improving Mechanical and Tribological Properties of AM Materials”

Ilmiy seminarda “Elektrotexnika va mexatronika” kafedrasi hamda “Umumtexnika fanlari” kafedrasi professor-o‘qituvchilari “Suv xo‘jaligida Smart (intellektual) o‘lchash tizimlari va asboblari”, “Smart sensors and technology” mutaxassisligi magistrlari hamda “Texnika va texnologiyalarning texnik ekspertizasi va marketingi” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari qatnashishdi.

Seminarda hozirgi kunda fan va texnika hamda qishloq xo‘jaligidagi dolzarb muammolar bo‘yicha fikr almashishdi. Seminar qatnashchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga to‘liq javob olishdi. Seminar so‘ngida Janubiy Koreyalik mehmonlar institut rahbariyati bilan ham uchrashuv o‘tkazishdi.

QSXET fakulteti Ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha dekan muovini Sh.Berdiev axboroti

Institut Matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov