Sog‘lik - vaqti chog‘lik
Inson o‘z salomatligi uchun qayg‘uradi. Tani sihat insonning kayfiyati ko‘tarinki, ruhiyati tetik bo‘ladi. Ish unumi ham yuqori bo‘ladi. Bu boradagi subatlarning ahamiyati katta.
2018 yil 19 oktyabrda reproduktiv salomatlik to‘g‘risida umumiy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Ushbu yig‘ilishda Toshkent shahar reproduktiv salomatlik markazining direktori D. Voxidova, va shifokorlari qatnashib, talaba qizlarga reproduktiv salomatlik to‘g‘risida kerakli ma’lumotlarni berishdi. Shundan so‘ng talabalar o‘zlarining qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Institut xotin-qizlar kengashi raisi Zulfiya Hafizova axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov