O‘quv jarayoni va ishlab chiqarish o‘rtasidagi o‘zaro integratsiya
Joriy o‘quv yilida Geodeziya va geoinformatika kafedrasi hamda Gidrometeorologiya xizmati markazi bilan “5+1” dasturi asosida “Muammoli mavzular” bo‘yicha o‘zaro hamkorlik dasturi imzolangandi. Dasturga ko‘ra 22-oktyabr kuni Yer resurslarini boshqarish fakultetini Geodeziya va geoinformatika bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari hamda kafedra dotsenti O.Ro‘ziqulova boshchiligida O‘zbekiston respublikasi Gidrometeorologiya bosh boshqarmasiga bordilar. Ekskursiyadan ko‘zlangan maqsad: iqlim va suv ma’lumotlarini to‘plash va tahlil qilish jarayonini meteostansiyani o‘zida ko‘rib, tushunchaga ega bo‘lish. Iqlim kartalaridan foydalanishda hamda ma’lumotlar bazasini to‘plash jarayonida kerakli materiallarni olishni amalda ko‘rdilar. Ekskursiya davomida gidrometeorolog Imomnazarov Farrux Saidjabbor o‘g‘li Toshkent observatoriyasi meteopostida iqlim ma’lumotlaridan: tuproq namligini 20, 40, 80 smgacha va 3 metrgacha bo‘lgan qismidan harorat o‘lchashni ko‘rsatib o‘tdilar. Jumladan, 40 smda +150S daraja, 3 metrda +300S daraja harorat qayd etildi. Talabalarga yomg‘ir o‘lchash asbobida o‘lchash ishlari bo‘yicha tushunchalar berildi.
Havo haroratini o‘lchash jarayonida eng past harorat, eng yuqori harorat va o‘rtacha haroratlar olish jarayonlari ko‘rsatib o‘tildi. O‘zgidrometda fakultet qizlari ham amaliyotda qatnashib, bilim, ko‘nikma va tajribalarini orttirdilar. O‘zgidromet fond ma’lumotlari bilan ham tanishib, qariyib biryarim asrlik ma’lumotlarni saqlanishi, ularni ilmiy va amaliy maqsadlarda qo‘llanilishini, qimmatini his qildilar Respublikada olib boriladigan Suv kadastriga doir ma’lumotlarni olish jarayoni bilan Gidrologik kuzatuvlar tarmog‘i bo‘limi boshlig‘i G.Hamdamova gidropostlarda olib boriladigan suvlarni oqim moduli, oqish tezligi, granulometrik tarkibi, o‘rtacha oqib o‘tgan suvlar, kunlik, oylik va yillik suv ma’lumotlarini olish jarayoni yuzasidan tushunchalar berdilar.
Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar. Jumladan suv kadastrini yuritishda masofadan zondlash va Geografik axborot tizimlarini qo‘llash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar katta qiziqish uyg‘otdi. Suv kadastrini yuritish jarayonidan lavhalar. Talabalar Uzgidromet xodimlaridan ekskursiya uchun minnatdorchilik bildirdilar. Hamkorlikdagi ishlarni davom ettirishga kelishib olindi.
TIQXMMI matbuot xizmati