Tarixsiz istiqbol yo‘q
Vatanimiz mustaqillikga erishgandan so‘ng tariximiz bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xotiralar qaytarildi. Jumladan, ulug‘ bobokalonlarimizdan biri, buyuk siyosatchi, sarkarda, buyuk davlat qurgan adolatli hukmdor Sohibqiron Amir Temurdir.
Sohibqiron Amir Temurning Buyuk davlatni qurishdagi siyosati, Amir Temur va Temuriyzodalar qurdirgan bir-biridan ko‘rkam imoratlar, Temuriylar shajarasini yanada chuqurroq o‘rganish maqsadida “Gidromelioratsiya ishlarini mehanizatsiyalash” fakulteti, “Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi” yo‘nalishi 106-guruh talabalari va guruh murabbiysi G. Murtazaeva birgalikda AMIR TEMUR muzeyiga sayohat uyushtirdilar.
Sayohat davomida talabalar, o‘sha davrning noyob topilmalaridan: sopol idishlar, mis va kumush tangalar, zargarlik anjomlari, misdan yasalgan buyumlar, jangchi sovutlari, Temuriyzodalar haqida bir qancha ma’lumotlar ega bo‘ldilar va sayohatdan yaxshi taassurotlar bilan qaytishdi.
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov