Zavqli ma’rifiy musobaqa
Joriy yilning 20-noyabr kuni 4-sonli talabalar turar joyida talabalarning bo’sh vaqtlarini unumli o’tkazish maqsadida 9-8-3-1 qavatlarda yashaydigan talaba yoshlardan iborat bo’lgan “Zakovat” intelektual o’yini tashkil qilindi. Intelektual o’yinning asosiy jamoalari “Lider”, “Smile”, “Javohirlar” “Maksimum” hamda “Qizlar” guruhlaridan tarkib topdi. Intellektual o’yin tashkilotchilari Qobilov Umidullo, Boshlovchilar Omonov Oxunbek, Kamolov Nurbek hamda Qoraxonov Shahriddin tadbirni sharhlab borishdi. Tadbirda 4-TTJ tarbiyachi pedagogi Xaitova Aziza faol nazorat olib borishda ishtirok etdi. Intellektual o’yin bir-biridan qiziqarli savollar doirasida bahs-munozara tarzda davom etdi. O’yin yakunida umumiy ballarni taqsimoti bo’yicha 3-qavatda yashovchi talaba qizlardan iborat “Qizlar” jamoasi 1-o’rinni qo’lga kiritib finalga yo’l olishdi. Intellektual o’yinni ikkinchi bosqichida g’olib bo’lgan jamoa finalda “Qizlar” jamoasi bilan bahs olib borishadi.
4-TTJ tarbiyachi pedagogi A.Xaitova axboroti
Institut Matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov