Yoshlarga oila haqida

2020 yil 21 yanvar kuni “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti 3-TTJda fakultet xotin-qizlar qo‘mitasi raisi N.Xoliqova tashabbusi bilan tadbir tashkil etildi. Tadbir “Yoshlar o‘rtasida oilaning muqaddasligi, to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarning ixcham va tartibli o‘tkazish” masalalariga bag‘ishlandi. Talaba-yoshlarni “Love story” mashinlar korteji kabi “ommaviy madaniyat”larga qarshi milliy mentalitet orqali yuksak ma’naviyatni oshirish hisoblanadi.

Tadbirda Valeologiya fani o‘qituvchisi Z.S. Mirxodjayeva ham ishtirok etdi. Z.S. Mirxodjayeva so‘zga chiqib, yoshlar oila qurishdan oldin o‘zlarining unga qay darajada tayyor ekanliklarini bilishlari kerak. Oila qurishdek muhim vazifada inson jismonan, ham aqlan va ruhan tayyor bo‘lishi zarurligi tadbirda uqtirildi. Ayni paytda ma’naviy va ijtimoiy jihatdan tayyor bo‘lishlari ham e’tiborga olinishi kerakligi aytib o‘tildi. Shuningdek, tibbiyot yuzasidan oila va undagi munosabatlarda nimalarga ahamiyat berishlari kerakligini ishtirokchilar anglab yetishdi.

 

“Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari H. Boymatov axboroti

Institut matbuot xizmati rahbari R. Jumaniyozov