Maktab bitiruvchilarining institutimizga tashrifi
Yunusobod tumanidagi 150-maktab bitiruvchilari 22 - yanvar kuni TIQXMMIga tashrif buyurdilar. "Geodeziya va geoinformatika" kafedrasidan mazkur maktabga g.f.n., dotsent O.Roʼziqulova biriktirilgan. U oʼquvchilarga Marketing boʼlimidan olingan bukletlar yordamida mavjud taʼlim yoʼnalishlari haqida batafsil maʼlumotlar berdi. Bitiruvchilar institut bosh binosidagi maket yordamida institutdagi mavjud fakultetlar va ular faoliyati, bakalavriat taʼlim yoʼnalishlari hamda institut bilan yaqindan tanishdilar. АRMda boʼlib, kitoblardan foydalanish jarayoni, elektron kutubxonadan foydalanish boʼyicha tushunchalarga ega boʼldilar. Soʼngra, institudagi mavjud boʼlimlar faoliyati va oʼquv laboratoriyalari bilan tanishtirilib, zamonaviy sohalardan boʼlgan “Davlat kadastrlari”, “Geodeziya va geoinformatika” yoʼnalishlarida taʼlim olish jarayoni yaqindan tanishtirildi. Kadastr sohasida respublikada yetakchi olim i.f.n., dotsent Q.Rahmonov hozirgi kunda bu sohada amalga oshirilayotgan islohotlar bilan tanishtirdi.
Sohada yetuk kadrlarga boʼlgan ehtiyoj har bir turar joy misolida tushuntirildi. “Geodeziya va geoinformatika” sohasini iqtisodiyot tarmoqlaridagi ahamiyati, Xalqaro loyihalarni zamonaviy kadrlar tayorlashdagi oʼrni (Tempus, Niropa, DisNGIS) institutni doktoranti А.Xamraliev tomonidan tanishtirildi. Oʼquvchilar institut bitiruvchilari qaysi sohalarda ishlashlari, oʼqishga kirish uchun qaysi fanlarni kuchaytirib oʼqishlari; institutdagi fakultetlar, kafedralar hamda oʼquv laboratoriyalarida va xalqaro aloqalar boʼlimida qanday ishlar amalga oshirilishi haqida savollariga javoblar oldilar. Maktab bilan hamkorlik davom ettiriladi. Oʼquvchilarga institut saytiga kirib, oʼzlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishlari yuzasidan stajyor oʼqituvchi N.Mirjalolov tomonidan batafsil tushunchalar berildi. Oʼquvchilar boy taassurotlar bilan qaytdilar.
TIQXMMI matbuot xizmati