Talabalar ligasida
Toshkent shahridagi Xalqaro oliygohlari talaba-yoshlari o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha “TALABALAR LIGASI” sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi. O‘zimizning “Irrigator” terma jamoasi g‘olib bo‘lgani bois barcha qadrli ustoz va murabbiylar dilidan ushbu istaklar kechgani aniq. "Mazkur bellashuvda faxrli I - o‘rinni qo‘lga kiritib, chempionat g‘olibi bo‘lganingiz bilan institutimiz nomidan chin ko‘ngildan tabriklaymiz! Sizlar qo‘lga kiritgan bu g‘alaba butun institutimizga cheksiz quvonch bag‘ishlab, TIQXMMI talabalarining qanday buyuk ishlarga qodir ekanini yana bir bor ko‘rsatdi. Bu ulkan zafar, hech shubhasiz, mamlakatimizdagi millionlab yoshlarni mardlik va matonat, Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashga ulkan hissa qo‘shadi. Barchangizga sihat-salomatlik, kuch-g‘ayrat, jonajon O‘zbekistonimizning shon -shuhratini dunyoga tarannum etishga doimo yutuq va zafarlar yor bo‘lishini tilaymiz." Ushbu istaklar til uchidan emas, balki dil tubidan izhori qalb o‘rnida taralayotganini sezmaslik mumkin emas.
“Jismoniy madaniyat va sport” kafedrasi mudiri M.Norqobilov axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov