Samarador seminar

Bugun institutimizda tashkil etilayotgan seminar o‘zining mohiyat e’tibori bilan katta ahamiyatga ega. “Yevropa universitetlari bilan hamkorlikda qo‘shma diplom dasturini tashkil etish usullari va istiqbollari; qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish va joriy etish jarayonlari” mavzusidagi ushbu seminar ham o‘z maqsadi va vazifalari bilan institutimizda o‘tkazilayotgan tadbirlar qatorida muhim o‘rin tutadi. Ikki kunga mo‘ljallangan seminarning ochilishida Yevropa Ittifoqi Delegatsiyasi Siyosat, matbuot va axborot bo‘limi boshlig‘i Yussi Narvi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari prof. Uzoqboy Begimkulov, NEO koordinatori Aziza Abduraxmonova, Yevropa Ittifoqi mutaxassisi prof. Franchesko Jirotti va boshqa mutaxassislar o‘z fikr-mulohazalari bilan chiqishdi. Tadbirni professor Abduhakim Salohiddinov boshqarib bordi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi «Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida ta’kidlanganidek, xalqaro darajadagi yuqori malakali kadrlarning o‘quv jarayoniga jalb etish, Yevropa davlatlari bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish hozirgi kundagi O‘zbekiston oliy ta’lim tizimidagi eng asosiy vazifalardan biri hisoblanadi. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi OO‘MTV qoshida faoliyat yuritayotan Oliy ta’lim ekspertlari milliy guruhi (HERE) Erasmus+ milliy ofisi ko‘magida qo‘shma dasturlar tashkil etilishining Yevropa tajribalarini o‘rganish va ularni O‘zbekiston OTMlariga manfaatini muhokama qilishni maqsad qilgan. Bolonya jarayoni innovatsion, kooperativ va xalqaro ta’lim dasturlarining rivojlanishiga katta yo‘l ochib berdi. “Qo‘shma diplom” deb nomlanuvchi dasturlari bunga yaqqol misol bo‘la oladi va bunday dasturlar Yevropa bo‘ylab keng tarqalgan.

Qo‘shma diplomning asosiy xususiyatlari odatda quyidagilarni namoyon etadi:

• Dastur bir qancha OTMlar tomonidan birgalikda ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi;

• Har bir hamkor OTMdagi talabalar dasturning ma’lum bir qismini boshqa OTMlarda o‘tkazadi;

• Talabalar ishtirokchi OTMlarda uzoq muddatli ta’lim oladi (qisqa muddatli almashinuvlarga nisbatan);

• Ta’lim muddati va imtihon natijalari barcha hamkor OTMlar va davlatlarda avtomatik ravishda va to‘liqligicha tan oladi;

• Har bir OTM professor o‘qituvchilari o‘quv dasturlarini birgalikda shakllantiradi, bu qo‘shma qabul jarayonlaridan tortib, imtihonlar tashkil etuvchilar hamda dars berish uchun mobillikda ishtirok etishgacha bo‘lgan masalalarini o‘z ichiga oladi;

• To‘liq dasturni muvaffaqiyatli yakunlagan talabalar, dasturda ishtirok etuvchi OTMlar tomonidan ta’sis etilgan darajaga ega bo‘ladi va to‘liqligicha barcha davlatlarda tan olinadi.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, shuni ta’kidlash kerakki, ushbu seminar oliy ta’lim tizimini modernizatsiya qilish bo‘yicha O‘zbekiston OTMlarining faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Shu o‘rinda Texnik yordam dasturi (TAM) borasida ham ma’lumot berib o‘tish o‘rinlidir.

Yevropa Ittifoqining Erasmus+ loyihalari, OTMlar o‘rtasidagi shartnomalar, OTMlar salohiyatini kuchaytirishga qaratilgan hamkorlik faoliyatiga qo‘shimcha ravishda Texnix yordam dasturi (TAM) ham mavjud bo‘lib u asosan, Yevropalik professorlar va mutaxassislar ishtirokida OO‘MTVligi bilan o‘zaro kelishilgan turli mavzulardagi seminarlarni o‘tkazadi. Texnik yordam dasturi (TAM) Oliy ta’lim sohasi bo‘yicha ekspertlar milliy guruhi (HERE) faoliyatining bir qismi bo‘lib, u Barselona Universiteti qoshidagi Oliy ta’lim sohasi bo‘yicha ekspertlarni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish guruhi (SPHERE) va Yevropa Universitetlar Assotsiatsiyasi (EUA)dan tashkil topgan konsorsium tomonidan boshqariladi va Belgiyadagi Ta’lim, audiovizual vositalar va madaniyat Ijroiya Agentligi (EACEA) tomonidan nazorat qilinadi.

Seminar davomida ishtirokchilar quyidagi bilimlarga ega bo‘ladilar:

• Magistratura qo‘shma diplom dasturlarini tashkil etish, undagi talab va shartlar, bunday tadbirlarni amalga oshirish yo‘llari va moliyalashtirishning muqobil usullari;

• OTMlarda qo‘shma ta’lim dasturlarini joriy etishning yuridik jihatlari;

• Qo‘shma ta’lim dasturlari klassifikatsiyasiga qo‘yiladigan talablar;

• Qo‘shma ta’lim dasturlari amalga oshirish jarayonlari va shakllari;

• Qo‘shma ta’lim dasturlarini boshqarish;

• Qo‘shma ta’lim dasturlarida bilim olish natijalarini baholash;

Qo‘shma ta’lim dasturlarida sifat kafolati va monitoring jarayonlari muhim mohiyatga ega.

Yevropa Ittifoqidan ekspert sifatida prof. Francesco GIROTTI, Boloniya universiteti, Ta’lim departamentining shuningek, OTM rahbar kadrlar (prorektorlar, bo‘lim boshliqlari, professor o‘qituvchilar va doktorantlar) O‘zbekiston va Qozog‘iston NEO vakillari va HERE a’zolarining ishtiroki quvonarlidir.. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekistondagi Erasmus+ milliy ofisi, Oliy ta’lim sohasi bo‘yicha ekspertlar milliy guruhi va institutimiz hamkorligida tashkil etilgan ushbu seminarning samara va natijasi istiqbolli rejalarni amalga oshishida yaqqol sezilishi aniq.

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov