Ispaniyаlik professorning ma’ruzasi
Ispaniyaning Barselona shahridagi Leida universiteti professori, “Birlashgan o‘rta asrlar ilmiy-tadqiqot markazi” direktori Flosel Sabate 2021-yilning 22-aprel kuni soat 14-00 da “O‘rta asrlarda Pireney yarim orolida irrigatsiya tizimlari” mavzusida institutning QXM, GIM, QSXET fakultetlarining iqtidorli talabalariga ma’ruza qildi. Ma’ruzaning kirish qismida GIM fakulteti dekani B.X.Norov so‘zga chiqib bu ma’ruza institutlararo memorandum doirasida tashkil etilgani, bugungi kunda institutning xalqaro nufuzini oshirishda va talabalar bilimini oshirishda bu kabi ma’ruzalar muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlab o‘tdi va Flosel Sabatega so‘z berdi.
l Flosel Sabate o‘z ma’ruzasida Pireney yarim orolida, xususan Andalusiyada o‘rta asrlarda mavjud bo‘lgan irrigatsion tizimlar va ularning bugungacha yetib kelgan inshootlari haqida ham batafsil ma’lumotlar berdi. Olimlarning ta’kidlashicha bu inshootlar O‘rta Osiyo irrigatsiya inshootlariga o‘xshab ketadi va ular islom sivilizatsiyasining muhim bo‘lagidir. Bu ma’lumotlar talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi. "Gumanitar fanlar" kafedrasi mudiri Sh. M. O‘ljayeva Flosel Sabatega va u ishlayotgan Leida universiteti rahbariyatiga o‘z minnatdorchiligini bildirib o‘tdi. QXM fakulteti dekani Q.O. Shovazovga ushbu ma’ruzani tashkil etishda amaliy yordam bergani uchun o‘z minnatdorchiligimizni izhor etamiz.
TIQXMMI matbuot xizmati