Giyohvandlik - asr vabosi
2019 yil 20 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi narkotik moddalarni nazorat qilish Milliy markazi bo‘lim boshlig‘i Sh. G‘ulomov, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori Q.Shavazov, ishtirokida “Giyohvandlik va narkotik moddalarga qarshi kurashish” mavzusida proflaktik tadbir o‘tkazildi. Tadbirda “Gidrotexnika qurilishi” fakulteti dekan o‘rinbosarlari A.Azimov, S.Ro‘ziyev va GTQ fakultetining 160 nafar talabalari ishtirok etdilar.. Tadbir davomida Sh.G‘ulomov giyohvandlik va norkamaniyaga qarshi kurash bo‘yicha Respublikamizda balki butun jahonda olib borilayotgan ishlar bo‘yicha so‘zlab berdi va videofilmlar qo‘yib ko‘rsatdi. Uchrashuv juda qiziqarli va ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Talabalar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga ma’noli javoblar olishdi. Uchrashuv ishtirokchilarda juda yaxshi ta’surot qoldirdi.
GTQ” fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari A.I.Azimov axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov