Ko‘chma dars mashg‘uloti
2019 yil 22-may kuni "Qishloq va suv xo‘jaligi energiya ta’minoti" fakulteti “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish” ta’lim yo‘nalishidagi 307 - guruhda ilmga intiluvchi talabalar anchagina. O‘sha guruhga “Energiya tejamkorlik asoslari” fanidan laboratoriya ko‘chma dars mashg‘ulotlari “Gidroponika markazi” DUK korxonasida o‘tkazildi.
Talabalar yangi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda zamonaviy energiya tejamkor texnologiyalarini ishlash prinsiplari bilan tanishtirildi.
“Energiya tejamkorlik asoslari” fani bo‘yicha avtonom elektr stansiyasi, zamonaviy energiya tejamkor texnologiyalari yuzasidan energiya tejamkor elektr uskunalari bo‘yicha ma’lumotlar berildi.
Dars mashg‘ulotlarini «ET va EJF» kafedrasi assistentlari O.Matchonov olib bordi.
"Elektrotexnologiyalar va elektr jihozlaridan foydalanish" assistenti O. Matchonov axboroti
Institut Matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov