Amaliyotda kelasi ishlar mevasi
Chirchiq-Ohangaron irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi va TIQXMMI bilan 2020 mart 15 martda tuzilgan 22 - sonli xo‘jalik shartnomasi doirasida Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq tumanidagi TST “Cluster” MChJning O‘zbekiston 3 hududidagi, 6- uchastkasida joylashgan 24 gektarlik g‘o‘zaning UzPITI R-2 navi ekilgan tajriba maydoniga “Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi prof.v.b.Matyakubov B.Sh. hamda STST - 1 kurs magistrantlari Abdukarimov Abror va MSD 1 kurs magistranti Boboqandov Shodiyorlar mavsum boshida dala sharoitida bajariladigan ishlarni amalga oshirish uchun tajriba dalasiga tashrif buyurishdi.
Tashrif vaqtida g‘o‘za ekilgan maydonni sug‘orish ishlari boshlanishi munosabati bilan Turkiyaning “Netafin” firmasidan tomonidan loyihalashtirilgan tomchilatib sug‘orish texnologiyalari dalaga joylashtirildi va sug‘orish uchun dala tayyor holga keltirildi.
Tajriba sxemasiga asosan variant va takrorlanishlar belgilanib olindi va barcha agrotexnik tadbirlar dala jurnaliga yozib olindi. Tajriba dalasida 2019 yilda erishilgan (tomchilatib sug‘orish texnologiyasini loyihalashdan oldin) natijalar yuzasidan fermer va tumanidagi TST “Cluster” MChJning ish yurituvchisi Fayzulin Ruslan hamda ishchilari Dauletbaev Rinat, Normatov Ibroxim, Xolmatov Elyorlar bilan suhbat jarayonida barcha ma’lumotlar olindi va kelgusida dala sharoitida bajariladigan ishlar rejalashtirib olindi.
TIQXMMI matbuot xizmati