Ilmiy ishlar davom etmoqda
O'zbekiston Respublikasi Innovatsiyon rivojlanish vazirligi bilan tuzilgan shartnomaga asosan KX-A-KX-2018-297 Xorazm vohasi (Xorazm viloyati QQR ning janubiy tumanlari) ning sug'oriladigan yerlarini gidromodul va g'o'zaning ilmiy asoslangan sug'orish tartiblarini ishlab chiqish mavzusidagi 2020 - yil rejadagi loyihaning amaliy ishlarini bajarish uchun institutimizning ilmiy izlanuvchilari O'.P. Islomov va I.K.Urazboyevlar Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatlarida joylashgan tajriba dalalariga tashrif buyurushdi. Xizmat safar paytida tajriba dalalaridan g'o'zaning o'sishi va rivojlanishi bo'yicha fenologik kuzatuvlar, sug'orish ishlarini olib borish, yer osti sizot suvlari sathi va mineralizatsiyasi o'rganilib kerakli ma'lumotlar olindi.
“Geodeziya va geoinformatika” kafedrasi o'qituvchisi O'tkir Islomov axboroti
TIQXMMI matbuot xizmati