“Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” fakulteti murabbiylar kengashi raisi hisoboti
Hisobot hisobot uchun emas, balki uning tarbiya yoxud ta’limga ijobiy ta’siri qay tarzda bo‘lganini bilish va tajribalarni ommalashtirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir. 2020 yilning 22 iyun kuni institutda 2019-2020 o‘quv yilida ma’naviy-ma’rifiy va axloqiy-tarbiyaviy ishlar yuzasidan “Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” fakulteti murabbiylar kengashi raisi M.Raxmatalievning hisoboti eshitildi. Mazkur hisobot yig‘ilishida fakultet dekani boshchiligida barcha murabbiylar hamda fakultetda ta’lim-tarbiyaga mas’ul kishilar ishtirok etishdi. Hisobot yig‘ilishi ZOOM platformasi orqali masofadan turib amalga oshirildi. Shuningdek, mazkur yig‘ilishda institut Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor R.Choriev, institut Bosh murabbiysi Z.Ismailova, institut Iqtidorli talabalar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Z.Haydarovlar hamda institut Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi A.Berdimurodovlar ishtirok etdi.
Kun tartibidagi muhokama etilgan masala yakunlangan o‘quv yilida “Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” fakultetida yoshlar bilan ishlash, ma’naviy-ma’rifiy va axloqiy-tarbiyaviy ishlarning amalga oshirilganligi holati hamda mazkur yo‘nalishlarda qilingan ishlar sarhisobi bo‘ldi. Hisobotda fakultet bosh murabbiyi tomonidan yoshlar bilan ishlash, ma’naviy-ma’rifiy sohada amalga oshirilgan ishlar, guruh murabbiylarining yil davomidagi faoliyati, karantin davrida murabbiylarning talabalar bilan masofadan turib ishlashida erishilgan yutuqlari va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar to‘g‘risida atroflicha ma’lumot berib o‘tildi. Hisobot eshitilgandan so‘ng masalalar yuzasidan atroflicha savol-javoblar bo‘lib o‘tdi.
TIQXMMI matbuot xizmati