Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha Kengash yig‘ilishi

2020 yilning 22 sentyabr kuni Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari  institutida Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha Kengashining 2020-2021 o‘quv yilitdagi birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha Kengash raisi, Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha Kengash a’zolari: Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i a’zo, Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi, fakultetlar xotin-qizlar kengashlari raislari ishtirok etdi. Kun tartibidagi masala institutda Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha Kengash ish rejasi ishlab chiqish va tasdiqlatish hamda Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha Kengash raisligiga nomzod saylovini o‘tkazishdan iborat bo‘lib yangi o‘quv yilida institutda xotin-qizlar masalasida yangicha yondashuvlarni amalga oshirish bo‘yicha tashkiliy ishlar qay tartibda amalga oshirish yuzasidan fikrlashildi.

Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha Kengash ish rejasini kirish so‘zi bilan Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor R.Choriev ochib berdi. Institut xotin-qizlar kengashi raisi Z.Ismoilova mazkur institutda mazkur yo‘nalishdagi ishlarni amalga oshirishda yordamga muhtoj xotin-qizlar, shu jumladan, nogironligi bo‘lgan ayollar uchun nazarda tutilgan imtiyozlar haqidagi qonun hujjatlarining ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, Kengash zimmasiga yuklatilgan vazifalar ijrosi samaradorligini oshirish maqsadida institutda xotin-qizlar o‘rtasida turli ko‘rik-tanlovlar va sport musobaqalarini tashkil etish va o‘tkazish, institutdagi xotin-qizlar, ayniqsa yordamga muhtoj xotin-qizlar, shu jumladan, nogironligi bo‘lgan ayollarning roziligi bilan ularning uy-joy va ijtimoiy-maishiy shart-sharoitlari bilan tanishish, Kengash majlislarida muhokama qilinadigan masalalarni yoritish bo‘yicha institut veb-sayti va ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qilish, yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun seminarlar, davra suhbatlari va boshqa tadbirlarni tashkil etish hamda zarur hollarda tadbirlarga davlat organlari va jamoat tashkilotlari mas’ul xodimlarini hamda mahalla faollarini taklif etish to‘g‘risida fikrlarini bildirib o‘tdi.

Institut xotin-qizlari faollaridan R.Gazieva, Z.Xafizovalar ham so‘z olishib xotin-qizlar mehnat jamoasida jamoat boshqaruvi sohasidagi rolini kuchaytirish, ularni ijtimoiy huquqiy jihatdan qo‘llab - quvvatlash borasidagi maqsadli ishlarni tashkil etish, ularga ko‘maklashish va ularni fikrlarini tizimli monitoring qilish, talaba qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash ular o‘rtasida ijtimoiy foydali mehnat turi bilan shug‘ullanadigan, ibrat namunasiga ega bo‘lgan xotin-qizlarning hayot faoliyati va turmush tarzlarini keng targ‘ib qilish masalalari muhim ekaniga to‘xtalib o‘tishdi. Yig‘ilish yakunida Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha Kengash ish rejasi bir ovozdan ma’qullandi hamda fakultetlar Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha Kengash raisligiga nomzod saylovi bo‘yicha kelshib olindi.