Dissertatsiya ishi muhokamasi
2020 yil 21 sentyabr kuni Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti “Pedagogika, psixologiya va o‘qitish metodikasi” kafedrasining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda 13.00.05-Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga talabgor Buxoro muhandislik-tehnologiya instituti tayanch doktoranti Sharipova Shaxlo Sadullaevnaning “Innovatsion ta’lim muhitida rivojlantiruvchi treninglar orqali ixtisoslik fani o‘qituvchisining kasbiy kompetentligini oshirish” mavzusidagi dissertatsiya ishi muhokama qilindi.
“PP va O‘M” kafedrasi tayanch doktoranti X.Tuychiev
TIQXMMI matbuot xizmati