Ta’limdagi tarbiyaning tomizg‘isi

So'nggi yillarda Respublikamiz oliy ta'lim muassasalarida olib borilgan islohotlar natijasida O'zbekiston dunyoning rivojlangan mamlakatlari qatoriga qo'shildi. Albatta, bunda ta'lim-tarbiyaning o'rni alohida o'rin tutadi. Shu munosabat bilan 22 oktyabr kuni "Geodeziya va geoinformatika" kafedrasi mudiri R. Oymatov hamda professor-o'qituvchilari tomonidan "Yer resurslarini boshqarish" fakulteti talabalar turar joyiga tashrif buyirishib "Ta'limdagi tarbiyaning ahamiyati" mavzusi asosida tadbir tashkil etildi. Tadbirdan maqsad yoshlarni tarbiya orqali ta'lim sifatini oshirish va jamiyatimizga kelajakda yetuk mutaxassislarni yetkazishdan iboratdir. Hozirgi kunda ta'lim-tarbiyani rivojlantirish har bir yoshlarimiz burchidir. Tadbir davomida talabalarning qiziqtirgan savollariga professor-o'qituvchilar tomonidan javob berildi. Talabalar tadbiri oxirida o'z minnatdorliklarini bildirishdi.

“ Geodeziya va geoinformatika” kafedrasi o'qituvchisi O'tkir Islomov  axboroti

Institut matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov