Shijoat va muruvvatning alangasi
Oldin xabar qilinganidek, birinchi xayriya aksiyasi Sirdaryo viloyati Baxt shahrida boshlangan edi. Bugun esa, Toshkent viloyati uzoq Angren shahrida joylashgan 34-sonli Maxsus maktab internati, imkoniyati cheklangan, mehrga muhtoj o‘quvchilar ta‘lim oluvchi muassasasiga tashrif buyurishdi.
Navbatdagi xayrli ishga:
1. "Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish" fakulteti yoshlar yetakchisi va fakultet talabalari,
2. "Gidromeliortasiya" fakulteti yoshlar yetakchisi va fakultet talabalari,
3. "Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash" fakulteti yoshlar yetakchisi va fakultet talabalari,
4. "Yer resurslarini boshqarish" fakulteti yoshlar yetakchisi va faol talabalari boshchilik qilishdi hamda yuqori saviyada tayyorgarlik ko‘rib, ozmi-ko‘pmi institut talabalari qo‘shgan hissani mehrga muhtoj qalblarga yetkazishdi.
Dastur tayyorlanib, ertak qahramonlari, qorbobo, qorqiz va 200 nafar talabalarning har biri uchun ajoyib sovg‘alar va o‘yinlar tashkil etildi. Bolajonlarga bayram kayfiyati ulashildi. Barchasi xursand. Buni shunchaki ta‘riflash qiyin. Barcha Fakultet yetakchilari birlashib katta ishni amalga oshirishdi. Hali oldinda amaliy ishlar davom etadi. Do‘stlik, hamjihatlik abadiy bo‘lsin. Siz ham yangi yil bayramiga bag‘ishlab biron xayrli ishga bugunoq qo‘l uring.
Institut Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti hamda Institut Kasaba uyushmasi qo'mitasi ma'lumoti
Institut matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov