Texnika va texnologiyalar – rivojlanishning omili

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 - yil 31 - iyuldagi 4410-sonli “Qishloq xo’jaligi mashinasozligini jadal rivojlantirish, agrar sektorni qishloq xo’jaligi texnikalari bilan ta’minlashni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar to’g’risida” qarori doirasida agrar sektorni hududlarning tabiiy iqlim va tuproq sharoitlariga mos keladigan zamonaviy va arzon qishloq xo’jaligi texnikalari bilan ta’minlash bo’yicha O’zbekistonda faoliyat ko’rsatayotgan “Promzona.uz” kompaniyasi vakillari 2020 - yil 22 - yanvar kuni institutimizga tashrif buyurishdi.

Korxona ta'sischisi va bosh direktori Alisher Qosimov bilan "Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash", “Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash”, “Gidromelioratsiya” fakultetining professor-o’qituvchilari, iqtidorli va bitiruvchi talabalari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Unda “PROMZONA.UZ” kompaniyasi tashkil topgan kunidan boshlab bugungi kungacha faoliyat yo’li, traktorlar, yuk tashuvchilar, press-yiqqichlar, kulg’tivatorlar, tuproqqa ishlov berish agregatlari, frontal yuk ortgichlar, greyderlar, avtokranlar, ekskavatorlar, avtog’altakli mashinalar, yuk ko’taruvchi avtokarlar, samosvallar va shu kabi boshqa texnikalarni yetkazib berish, mijozlarga keng ko’lamli, kafolatlangan va sifatli xizmat ko’rsatish sohasi bo’yicha talabalarga batafsil ma’lumotlar berildi. Bundan tashqari qishloq xo’jaligi va gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash, sug’orish texnologiyalari sohasida “5+1” dasturi doirasila hamkorlik qilish, institutda kompaniya maxsus auditoriyasini tashkil etish masalalari bo’yicha dastlabki kelishuvga erishildi va istiqbolli rejalar belgilab olindi.

 

"Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash" fakulteti dekani B.Norov axboroti

Institut matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov